Bostirib kirişmi yo notöğri talqin? Şahboz Şarif Putin va Erdöğanning yopiq uçraşuvini böldimi?
13-12-2025, 15:06
414 марта

Bostirib kirişmi yo notöğri talqin? Şahboz Şarif Putin va Erdöğanning yopiq uçraşuvini böldimi?
Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif keça, 12 dekabr kuni Turkmanistonda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan örtasida bölib ötgan yopiq uçraşuvga göyo özboşimçalik bilan kirib borgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, qizğin muhokamalarga sabab böldi. Ammo bu haqiqatan ham şunday bölganmi? Aslida voqea qanday? Keling, batafsil körib çiqaylik.
Özi nima böldi?
Şahboz Şarif Turkmanistonda ötgan xalqaro tadbir doirasida Vladimir Putin bilan uçraşişi kerak edi. Tadbir Turkmanistonning doimiy betaraflik siyosatini elon qilganiga 30 yil tölişi munosabati bilan taşkil etilgan edi. Tabiiy gaz zaxiralari böyiça dunyoda törtinçi örinda turadigan Turkmaniston 1995 yilda, birinçi prezidenti Saparmurat Niyozov davrida, betaraflikni rasmiy davlat siyosati sifatida qabul qilgan.
Anjumanda Rossiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston rahbarlari iştirok etgan. “RT India” tarqatgan videoda Şahboz Şarif Pokiston Boş vaziri örinbosari Işoq Dar bilan birga qöşni xonada Putinni kutib turgani körinadi. Ammo Putinning Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuvi 40 daqiqadan ortiq vaqtga çözilib ketgan.

Şundan söng, videoga köra, Şarif sabrsizlik qilgan holda, Putin va Erdöğan örtasidagi yopiq uçraşuv ötayotgan xonaga kirib borgan. Aytilişiça, u Putin bilan qisqaça bölsa ham muloqot qilişni umid qilgan. Biroq Şarif taxminan 10 daqiqadan söng xonani tark etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqid
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Şarifni keskin tanqid qildi. Izohlar orasida “global şarmandalik”, “Putin qanday öynaşni biladi” va “Qanday qilib uni jiddiy qabul qiliş mumkin?” kabi fikrlar ham böldi.
Biroq bu videolarni kim tarqatayotganiga etibor qaratsak, bu joriy yilning 5 dekabr kuni Putinning Hindistonga davlat taşrifi doirasida iş boşlagan kanal ekanini payqaş mumkin. Tarmoqlarda Şahboz Şarifni tanqid qiluvçi postlar bilan birga, hodisani talqin qilgan RT India'ni, umuman olganda Hindiston mediasini dizinformatsiya va voqeani atayin buzib körsatişda ayblovçi izohlar ham yöq emas.
“Aşxobodda Şahboz Şarif diplomatik mahorat körsatib, Hindiston taşqi siyosati haqidagi hikoyaning tobutiga sönggi mixni urdi. Putindan tortib Erdöğangaça, global yetakçilar unga yaqinlaşdi. Hindiston ommaviy axborot vositalari esa tarafkaşlik bilan motam tutmoqda”, deb yozdi tarmoq foydalanuvçilardan biri.
Video tarqalganidan bir neça soat ötib, RT India uni öçirib taşladi va u “voqealarni notöğri talqin qiliş” bölişi mumkinligini bildirdi.
“Biz Turkmanistonda ötgan “Tinçlik va işonç” forumida Pokiston boş vaziri Şarifning Putin bilan uçraşuvni kutayotgani haqidagi avvalgi postni öçirdik. U voqealarni notöğri aks ettirgan bölişi mumkin”, deb yozdi RT India X (Twitter) tarmoğida.
Pokiston ommaviy axborot vositalariga köra esa, Şarif Putin va Erdöğan bilan muloqot qilgan hamda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama etgan.
Rossiyaning RIA Novosti agentligi esa Rossiya va turkiya delegatsiyalari azolari xonani tark etgandan keyin yetakçilar suhbatni tor doirada davom ettirgani, biroz vaqt ötgaç, Putin bilan uçraşuvni kutib turgan Pokiston Boş vaziri ham uşbu uçraşuvga qöşilganini yozdi.
Putin va Erdöğan jami hisobda bir yarim soat davomida muloqot qildi. Uçraşuv yakunlangaç, avval Erdöğan, undan keyin esa Putin Turkiya Taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan bilan birga zaldan çiqdi. Rossiya yetakçisi va Turkiya taşqi işlar vaziri suhbatlaşa turib, çiqiş tomon yöl oldi.
Islomobod nima deydi?
Pokistonning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri hukumat bu voqeani protokol meyorlariga zid deb hisoblaşini aytdi.
“Ayniqsa, yadroviy davlatni vakillik qilayotgan hukumat rahbari bunday beetiborlikka duç kelmasligi kerak”, dedi u va Moskvaga norozilik hamda xavotir bildirilganini qöşimça qildi.Rossiya rasmiylari hozirgaça rasmiy bayonot bergani yöq. Kremlga yaqin manbalar Putin jadvali “juda ziç va özgaruvçan” ekanini, bir vaqtning özida bir neçta ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilayotganini aytgan. Biroq Pokiston buni oddiy keçikiş sifatida qabul qilmay, delegatsiyaga heç qanday özgariş haqida xabar berilmagani va vaziyat jadval ziçligidan köra çuqurroq sabablarga işora qilayotganini takidlamoqda.
Voqeaning ahamiyati uning vaqti bilan ham kuçayadi. Hodisadan bir neça kun oldin Putin Hindistonga keng yoritilgan taşrifni amalga oşirib, Boş vazir Narendra Modi bilan strategik şeriklikni yana bir bor tasdiqlagan edi. Tahlilçilar tomonidan Nyu-Delhidagi rasmiy ziyofatlar va uzoq muzokaralar Pokiston Boş vaziriga bölgan munosabat bilan keskin taqqoslanmoqda.
Tarixan Pokiston va Rossiya munosabatlari ehtiyotkor va köpinça murakkab bölib kelgan – bunda “sovuq uruş” davridagi bloklar hamda Moskva va Hindiston örtasidagi mudofaa va energetika sohasidagi yaqin aloqalar hal qiluvçi rol öynagan.