Kim Çen In Rossiyadan qaytgan askarlarini tantana bilan kutib oldi
14-12-2025, 16:10
375 марта

Kim Çen In Rossiyadan qaytgan askarlarini tantana bilan kutib oldi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 12 dekabr kuni Rossiyada xizmat vazifalarini bajarib qaytgan armiya muhandislik bölinmasi uçun ötkazilgan kutib oliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda keça, 13 dekabr kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar qildi..jpg)
Kim Çen In Koreya Xalq Armiyasining 528-muhandislar polki ofitserlari va askarlarini hukmron Koreya Mehnat partiyasi tomonidan berilgan buyruqlarni 120 kunlik xorijiy xizmat davomida bajarişda körsatgan “qahramonlik” uçun maqtadi. Şimoliy Koreya tarqatgan videolarda harbiy formadagi askarlarning samolyotdan tuşayotgani, Kimning nogironlar aravaçasida ötirgan askarni quçoqlayotgani, şuningdek, askarlar va mansabdor şaxslarning qöşinlarnikutib olayotgani aks etgan.
Agentlik malumotiga köra, uşbu bölinma avgust oyi boşida jönatilgan bölib, Rossiyaning Kursk viloyatida Moskva bilan Kiyev örtasidagi uruş davomida jang va muhandislik vazifalarini bajargan.
.jpg)
Ötgan oy Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qöşinlarining ğarbiy Kursk viloyatiga yirik kirib kelişiga barham berişda yordam bergan şimoliy koreyalik harbiylar hozirda hududni minalardan tozalaşda muhim rol öynayotganini malum qilgan edi.
Ikki davlat örtasidagi özaro mudofaa töğrisidagi kelişuvga muvofiq, Şimoliy Koreya ötgan yili Kursk viloyatida Rossiya tomonida jang qiliş uçun taxminan 14 ming askar yuborgan. Janubiy Koreya, Ukraina va Ğarb manbalariga köra, ulardan 6 mingdan ortiği halok bölgan.
Kim missiya davomida töqqiz nafar askar halok bölganini aytdi va buni “yurakni ezuvçi yöqotiş” deb atadi. U, şuningdek, polk “Erkinlik va mustaqillik” ordeni bilan taqdirlanişini elon qildi. Halok bölgan töqqiz nafar harbiyga “Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Qahramoni” unvoni va boşqa davlat mukofotlari berilgan.