“Krokus” terakti böyiça sud boşlandi. Fariduni aybiga iqror
16-12-2025, 22:38
875 марта

“Krokus” terakti böyiça sud boşlandi. Fariduni aybiga iqror
Rossiyaning Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi 149 kişining hayotiga zomin bölgan “Krokus siti Holl”dagi terrorçilik hujumi bilan boğliq jinoyat işi böyiça asosiy sudlanuvçilardan biri tojikistonlik Şamsiddin Faridunini söroq qilişni boşladi. Işda 19 nafar sudlanuvçi bor va sud yopiq eşiklar ortida ötkazilmoqda.Jabrlanuvçilarning advokati Lyudmila Avvarning malum qilişiça, sudlanuvçi aybini tan olgan, biroq, u nima qilayotganidan bexabar bölgan.
Terrorçilar tomonidan yollanişidan oldin u novvoy bölib işlagan, qöşnilari uni “tinç, vijdonli yigit” deb tariflagan. Biroq, u voyaga yetmagan şaxsga jinsiy tajovuz qilgani uçun jazoni muddatini ötab, 2020 yilda ozodlikka çiqqan.
Hibsga olinganidan keyingi söroq paytida va dastlabki tergov davomida Fariduni Telegram’dagi rahbarlari tomonidan unga taklif qilingan pullar uçun terroristik hujumda iştirok etişga rozi bölganini aytgan. Uning sözlariga köra, messenjerda u bilan boğlangan anonim foydalanuvçi özini voizning yordamçisi sifatida taniştirgan va unga “iloji boriça köproq odamni – beparvolik bilan öldirişni” buyurgan.
Bundan taşqari, iş materiallariga köra, sud-tibbiy ekspertizalari jangarilarning qonida mefedron borligini aniqlagan. Faqat Fariduni ulardan mustasno. U tört terrorçidan aybiga töliq iqror va puşaymon bölgan yagona ijroçi.
Ötgan hafta prokuratura sudda öz dalillarini taqdim etişni yakunladi. Sud matbuot xizmatining xabar berişiça, 4 avgustdan beri prokuratura 2000 dan ortiq şaxsning (jabrlanuvçilar va guvohlarning) körsatmalarini, jinoyat joyini tekşiriş bayonnomalarini, şuningdek, hujjatlarni (buyumlarni), dastlabki tergov davomida ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizalarini, ekspert xulosalarini va jinoyat işining 400 dan ortiq jildida mavjud bölgan boşqa malumotlarni tekşirgan.
Tergov malumotiga köra, hujumni Afğoniston va Pokistonda faoliyat yurituvçi “Viloyat Xuroson” terrorçi guruhining azolari sodir etgan. Hujumni uyuştirişda ayrim gumondorlar xorijdan kelgan bölib, tayyorgarlikni çet elda ötkazgan. Qolganlari esa Rossiya hududida turgan va terror akti uçun moliyaviy va texnik vositalar töplagan. Tergovda aytilişiça, ulardan bazilari qurol-yaroğni noqonuniy tayyorlab, terrorçilarga topşirgan.
Huquq-tartibot idoralarining bayonotida, jinoyat sodir etilgaç, tört nafar ijroçi Ukrainaga qoçişga uringan, biroq ular Bryansk viloyatida qölga olingan.
Tergov doirasida 19 nafar şaxsga nisbatan jinoiy iş sudga yuborilgan.
Ular quyidagi moddalarga köra javobgarlikka tortilgan:
- 205-modda – terroristik hujum;
- 205.1 – terrorçilik faoliyatiga kömaklaşiş;
- 205.3 – terrorçilik tayyorgarligi;
- 205.5 – terrorçilik taşkiloti faoliyatini taşkil etiş yoki iştirok etiş;
- 222, 222.1 – qurol va portlovçi moddalar bilan noqonuniy muomala,
- 223, 223.1 – qurol va portlovçi qurilmalarni noqonuniy yasaş,
- 30-modda 1-qism – terrorçilikka tayyorgarlik köriş;
- 205-modda 2-qism “a” bandi – oldindan til biriktirib sodir etilgan terroristik akt;
- 322.3 – çet ellik şaxsni Rossiyada soxta röyxatga qöyiş;