Rossiyada 2026-yildan migrantlar uçun yangi çeklovlar kiritiladi
17-12-2025, 11:37
1 522 марта

Rossiyada 2026-yildan migrantlar uçun yangi çeklovlar kiritiladi
Yangi qoidalarga köra, iş beruvçilar xorijiy mutaxassislar sonini hududiy va tarmoq böyiça belgilangan çeklovlarga moslaştirişi şart. Hukumat bozorlarda va köçma savdo nuqtalarida çakana savdoga xorijiy fuqarolarni jalb etiş böyiça taqiqni saqlab qoldi. Şuningdek, dorixonalarda dori vositalari savdosida ham çet elliklar işlaşiga ruxsat berilmaydi.
Yölovçi va yuk taşiş sohalaridamehnat migrantlarining uluşi uşbu tarmoqlardagi umumiy işçi kuçi ehtiyojining 24 foizidan oşmasligi kerak. Quriliş sohasida hukumat çeklovni 80 foizdan 50 foizgaça qisqartirdi, sabzavot yetiştirişda — 50 foizdan 40 foizgaça, örmon xöjaligi va yoğoçni qayta işlaşda ham 50 foizdan 40 foizgaça kamaytirdi.
Agar kompaniyada migrant işçilar soni belgilangan limitlardan oşib ketsa, xodimlarning bir qismi bilan mehnat şartnomalari bekor qilinadi. Agar kompaniyada xorijiy xodimlarning uluşi ruxsat etilgan foizdan oşsa, iş beruvçi mamuriy javobgarlikka tortiladi.
- Mansabdor şaxslarga 45 ming rubldan 50 ming rublgaça, yuridik şaxslarga 800 ming rubldan 1 million rublgaça jarima yoki 14 kundan 90 kungaça faoliyatni töxtatib turiş belgilanadi.
“Iqtisodiyotning ayrim sektorlarida mehnat muhojirlari uluşini çeklaş rossiyaliklarni iş bilan taminlaş uçun ustunlikni saqlaş zarurati bilan boğliq. Bu juda oqilona qaror, çunki mehnat muhojirlari mahalliy işçilarga raqobat yaratadi.
Biroq uşbu çoralar qançalik samarali ekanini faqat 2026 yil oxiriga borib baholaş mumkin böladi. Öşanda rossiyaliklar aynan çeklovlar joriy etilgan sohalarda işlaşga qançalik tayyor ekani ayon böladi”, deydi Rossiya hukumati huzuridagi moliya universiteti professori Aleksandr Safonov.