Rossiya iş joylarida migrantlarni işga olişni çeklaşi mumkin
19-08-2025, 05:58
420 марта
Rossiya iş joylarida migrantlarni işga olişni çeklaşi mumkinRossiya Mehnat vazirligi bir qator iş joylarida çet ellik işçilar uluşini qisqartiriş böyiça qaror loyihasini muhokamaga qöydi.
Rossiya Mehnat vazirligi 2026 yil uçun çet ellik işçilar uluşini qisqartiriş böyiça qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi. Hujjatda 9 ta iqtisodiy sohada migrantlar sonini ötgan yilga nisbatan kamaytiriş taklif qilinmoqda.
— Quriliş sohasida çet ellik işçilar uluşi 80% dan 50% gaça pasayişi mumkin.
— Qişloq xöjaligi va yönğiçqa, yoğoç hamda pilomateriallar savdosi, örmon xöjaligi va qayta işlaş sohalarida bu körsatkiç 50% dan 40% gaça kamaytiriladi.
— Ovqatlaniş muassasalarida işçi joylarining kamida yarmi Rossiya fuqarolariga berilişi şart böladi (avval bunday çeklov yöq edi).
— Alkogol va tamaki mahsulotlari çakana savdosida migrantlar uçun işlaş imkoniyati umuman bekor qilinişi taklif qilingan (avval 15% gaça ruxsat etilgan edi).
Şuningdek, bir qator hududlarda mahalliy mehnat bozori ehtiyojidan kelib çiqib, alohida çeklovlar belgilanişi kutilmoqda. Jumladan, Amur viloyatida oziq-ovqat işlab çiqariş, texnika tamiri va veterinariya sohasida migrantlar faoliyati töliq taqiqlanadi. Ulyanovsk viloyatida esa şahar va şahar atrofidagi jamoat transport xizmatlarida ularning faoliyati yöq qilinadi.
Vazirlik takidlaşiça, uşbu çeklovlar Rossiya fuqarolarini iş bilan taminlaşga ustuvorlik beriş maqsadida kiritilmoqda.
Eslatib ötamiz, ilgari ham Mehnat vazirligi migrantlar uçun qator talablarni kuçaytiriş taşabbusi bilan çiqqan edi. Xususan, rus tilini bilmagan holda ijtimoiy muloqot talab qilinadigan kasblarda (avtomobil haydovçisi, sotuvçi, tibbiyot xodimlari va boşqalar) işlaş çeklanişi nazarda tutilgan.