«U endi Putinga kerak emas». The Guardian Başar Asadning Moskvadagi hayoti haqida yozdi
17-12-2025, 21:43
407 марта

Asadlar oilasiga yaqin bölgan şaxsning jurnalistlarga aytib berişiça, sobiq prezident oftalmologiya böyiça darslarga qatnamoqda. «U pulga muhtojligidan bunga qöl urayotgani yöq, u bu sohaga mehr qöygan. Suriyadagi uruşdan oldin ham u Damaşqda muntazam tarzda oftalmologiya bilan şuğullanar edi», – deya qayd etgan u. The Guardian suhbatdoşining sözlariga köra, Başar Asad rus tilini ham katta iştiyoq bilan örganmoqda.
Naşr maqolasida yozilişiça, Asadlar oilasi haşamat içida hayot keçirmoqda, ammo uning özi ihotalangan – unga Suriya yoki Rossiya elitasi vakillari bilan aloqa örnatişiga ruxsat yöq. «Uning taşqi dunyo bilan aloqasi juda kam, agar şu ham bor bölsa», – deydi Asadlar dösti va u «faqat bir neça kişi» bilan gaplaşişini aytadi. Bunday odamlar orasida prezident işlari böyiça sobiq vazir Mansur Azzam va sobiq iqtisodiy maslahatçisi Yassar Ibrohim bor.
Kremlga yaqin bölgan manbaning naşrga aytişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Asadni endi muhim figura deb hisoblamay, çunki «hokimiyatdan mahrum bölgan yetakçilarga uning toqati yöq». Moskvada suriyalik sobiq diktatorni endi nufuzli şaxs sifatida ham, hatto «keçki ovqatga taklif qiliş mumkin bölgan qiziqarli mehmon» sifatida ham körişmayapti.
Asadning farzandlari Birlaşgan Arab Amirliklariga tez-tez taşrif buyurişadi. Takidlanişiça, oila hokimiyat tepasida bölgan davrda ham BAA ularning sevimli dam oliş maskani bölgan. Avvaliga Asadlar BAAga doimiy yaşaş uçun köçib ötişga umid qilişgan, çunki bolalar Moskvada moslaşişda qiyinçiliklarga duç kelişgan, ammo bu rejalardan voz keçişga töğri kelgan. The Guardian qayd etişiça, uşbu mamlakat rasmiylari jamoatçilik fikri haqida unçalik qayğurmasa-da, Suriya sobiq diktatorini qabul qiliş «hatto BAA uçun ham noqulay bölardi».
Asadning özi Rossiyaga qoçib ketganidan keyingi dastlabki oylarda asosiy etiborini leykemiya taşxisi qöyilgan rafiqasining soğliğiga qaratgan. U Suriya rejimi qulaşidan oldin ham Moskvada davolangandi. The Guardian manbasining sözlariga köra, u «Rossiya maxsus xizmatlari nazorati ostida ötkazilgan eksperimental terapiya»dan söng özini yaxşi his qila boşlagan.