USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada maktabda sodir bölgan fojia yuzasidan tergov talab qilindi

1 021 марта
Rossiyada maktabda sodir bölgan fojia yuzasidan tergov talab qilindi

Moskva viloyatidagi maktabda sodir bölgan fojiali voqeada 10 yoşli öquvçi piçoqlanib halok böldi. Hodisa 15 yoşli öquvçi tomonidan sodir etilgan bölib, u hibsga olingan.

Tojikiston Taşqi işlar vazirligi uşbu qotillikda etnik nafrat alomatlari bölişi mumkinligini bildirib, Rossiyadan voqea yuzasidan xolis va şaffof tergov ötkazişni talab qildi. Şu munosabat bilan Rossiyaning Tojikistondagi elçisi vazirlikka çaqirilib, rasmiy nota topşirildi.


Malum qilinişiça, halok bölgan bolaning ikki — tojik va rus fuqaroligi bölgan. Hozirda hodisa böyiça tergov işlari olib borilmoqda.

QOBILJON

(Rossiyada halok bölgan tojik öğloni xotirasiga.
Oila azolari va tojik birodarlarimizga hamdardlik ila)

Turonzamin sarosima, Turonzamin motamda,
Qabringga gul tökib, öğlon, qorlar yoğdi ölkamda.
Senga yetgan tiğning xuni, jarohati yelkamda,
Turonzamin imröz ba tu misli modar, Qobiljon!

Uzoqlarda musofirning kuniga kim yaragan?
Uyoqlarda musofirning köngliga kim qaragan?
Bir mezbon bu, mehmonini talagani talagan,
Biz dasturxon tortodurmiz, ular xanjar, Qobiljon!

Qozoq, qirğiz, turkman, tojik — bir oila, aholi,
Qoraqalpoq, ozar, özbek — onang kabi ahvoli.
Içi qora siyosatning meva berdi niholi,
Kim öylabdi ilk hosili senga mahtal, Qobiljon!

Tojiklar ham, özbeklar ham dada deymiz otani,
«DADA», degan söngsözingdan, iltijoyingdan seni!
Senga jonin qalqon qilar otang qani, mard qani?
Mardlaringni mozoringdan endi axtar, Qobiljon!

Öz ukangni asrab qoldi qalbingdagi şahd sening,
Akaliging taqdir ekan va joningga qasd sening.
Özin «oğa» sanaganlar tovoningdan past sening,
Qörqoq azal döstga ortdan piçoq sançar, Qobiljon!

Endi yerda bir musulmon yelkadoşim kam mening,
Ahli Turon, biligingdan ketib borar kuçlaring.
Muşt tugmaydi bitta jangçi nara tortsa duşmaning,
Endi kamdir safimizda bitta askar — Qobiljon!

Turonzamin, bu ham bitta köksingdagi darz endi,
Bir öğlonning şirin joni böynimizda qarz endi.
Zuryodlar ölmasin desak, birlaşmoqlik farz endi,
Turonning Zulfiqor ruhin özing qaytar, Qobiljon!
Joygohat dar bihişt boşad, Allohu Akbar, Qobiljon!

Erkin Bozorov

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: