Nilufardan Qobiljongaça. Rossiyada 22 yil içida kamida 6 nafar tojik bola öldirilgan
18-12-2025, 22:40
1 526 марта

Nilufardan Qobiljongaça. Rossiyada 22 yil içida kamida 6 nafar tojik bola öldirilgan
Rossiyaning Moskva viloyatidagi maktablardan birida 10 yoşli tojik ösmir Qobiljon Aliyevning şafqatsizlarça öldirilişi fuqarolik jamiyatida katta xavotir uyğotdi. U kunduz kuni, maktab içida, milliy nafrat asosida öldirilgan. Rossiya Tergov qömitasining malum qilişiça, qotillikda gumonlanuvçi 15 yoşli Rossiya fuqarosi bölgan.Tojikistonning vakolatli organlari uşbu jinoyat tafsilotlarini rasmiy ravişda örganişga kirişdi. Respublika Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Tojikistondagi elçisini çaqirib, unga “norozilik notasi” topşirdi hamda “uşbu fojiali hodisani zudlik bilan, xolis va beğaraz tergov qiliş, aybdorlarni qonun doirasida javobgarlikka tortiş”ni talab qildi.
Içki işlar vaziri Ramazon Rahimzoda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev bilan telefon orqali suhbatda sodir bölgan voqeaning sabablari va holatlarini har tomonlama tekşirişni hamda tegişli çoralar körişni söradi.
Rossiya TIV ham uşbu şafqatsiz qotillikka munosabat bildirib, Tojikiston va marhum bolaning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Şuningdek, Rossiya tomoni xolis va obektiv tergov olib borilayotganini malum qildi.
Bu Rossiyada tojik bolasi milliy nafrat asosida öldirilgan ilk holat emas. Ommaviy axborot vositalarida Rossiyada sönggi 22 yil içida kamida 6 nafar tojik bolaning şafqatsizlarça öldirilişi yoritilgan. Migratsiya masalalari böyiça ekspertlarning fikriça, bunday qotilliklar Rossiyada migrantofob muhit şakllanişi va ksenofobiya uçun jazosizlik oqibatidir.
Qobiljonning öldirilişi
10 yoşli Qobiljon Aliyev joriy yil 16 dekabr kuni Moskva viloyati Odintsovo tumani Uspenskiy maktabida öşa maktabning öquvçisi tomonidan piçoq bilan öta şafqatsizlarça öldirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvda 15 yoşli Timofey K. hujumdan oldin öquvçilardan “Qaysi millatdansan?” deb sörayotgani aks etgan. Qöriqçi uni töxtatişga uringan, biroq Timofey uning yuziga közdan yoş oqizuvçi gaz sepib, piçoq bilan yaralagan. Şundan söng u bolalarga hujum qilib, Qobiljonni öldirgan. Qotillikdan keyin Timofey sinfxonalardan biriga berkinib olgan va u yerda huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingan.

Qobiljon uşbu maktabda akasi bilan birga öqigan, uning onasi esa şu yerda farroş bölib işlagan. Bolalarning otasi yaqinda vafot etgan.
OAV malumotlariga köra, ösmir öquvçilarga milliy nafrat asosida hujum qilgan. Xususan, u hodisadan oldin sinfdoşlariga “Mening ğazabim” nomli “manifest” yuborgan bölib, unda yahudiylar, musulmonlar, antifaşistlar va liberal qaraşdagi şaxslarga qarşi fikrlar bildirgan.
Tergov qömitasining xabar berişiça, qölga olingan ösmir aybiga iqror bölgan. Unga nisbatan qotillik va qotillikka suiqasd moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilgan (Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 3-qismi, 30-moddasi 2-qismi, 105-modda).
2022 yil. Daler Bobiyevning öldirilişi
5 yoşli Daler Bobiyev 2022 yil dekabr oyida Yekaterinburg şahrida öz vasiylari – Rossiya fuqarolari Aleksandr va Veronika Naumovalar tomonidan öldirilgan. Uning jasadi 6 oy ötib – 2023 yil iyun oyida topilgan.
Sudda guvohlar Aleksandr Naumov 5 yoşli bolani bir neça bor skotç bilan stulga boğlab qöyganini va uzoq vaqt ovqat bermaganini aytgan. Uşbu qiynoqlar sabab bola bir neça bor uydan qoçişga uringan.

2023 yil 26 iyunda Veronika Naumova Daler yöqolganini bildirgan. Yuzlab mahalliy aholi uni qidirişda qatnaşgan. 29 iyun kuni bolaning jasadi vasiylar uyiga yaqin joyda qop içida yaşirilgan holda topilgan. Bola 2022 yil dekabridayoq öldirilgani aniqlangan.
2024 yil sentyabrida Aleksandr Naumov bolani şafqatsiz qiynaganlik uçun 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2025 yil iyulida Veronika Naumova bolani öta şafqatsizlik bilan öldirgani uçun 24 yilga qamaldi.
2018 yil. Huvaydo Tillozodaning öldirilişi
5 yoşli Huvaydo Tillozodaning öldirilişi Rossiyada tojik bolalariga qarşi eng rezonansli jinoyatlardan biri bölgan. Moskva viloyatining Serpuxov tumanida u avval zörlangan, söng öldirilgan.
2018 yil 22 iyulda Huvaydo bolalar maydonçasidan bedarak yöqolgan, ertasi kuni uning jasadi sport sumkasidan topilgan. Sud-tibbiy ekspertiza avval zörlaş, keyin piçoq bilan öldiriş holatini tasdiqlagan.

Qotillikda Rossiya fuqarosi, unga qöşni bölib yaşagan 28 yoşli Aleksandr Syomin ayblangan. Biroq iş deyarli 5 yil davom etgan. 2023 yil martida u 24 yilga, 2023 yil sentyabrida esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
2015 yil. Umarali Nazarovning ölimi
5 oylik Umarali Nazarovning ölimi 2015 yilning eng oğriqli voqealaridan biri bölgan. 2015 yil 13 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda migratsiya xizmati xodimlari Tojikiston fuqarosi Zarina Yunusovani hibsga olib, uni 5 oylik farzandidan ajratgan.

Oradan bir neça soat ötib, öşa kunning özida yarim tunda bola nomalum holatda şifoxonada vafot etgan. Ekspertiza sabab sifatida sitomegalovirus infektsiyasini körsatgan, holbuki şifoxonaga yotqizilganda bolaning ahvoli qoniqarli deb baholangan.
Hodisa töliq tergov qilinmagan, heç kim javobgarlikka tortilmagan. Ona esa Rossiyadan 5 yilga deportatsiya qilingan.
2004 yil. Xurşida Sultonovaning öldirilişi
9 yoşli Xurşida 2004 yil 9 fevralda Sankt-Peterburgda millatçilar tomonidan öldirilgan. Hujum paytida “Rossiyadan yöqoling!” degan hayqiriqlar bölgan. Qiz 11 piçoq zarbasidan vafot etgan.

Dastlab aybdorlar yengil jazolangan, faqat 2011 yilda guruh azolari qayta qölga olinib, 7 yildan 11,5 yilgaça qamoq jazosi olgan.
2003 yil. Nilufar Sangboyevaning öldirilişi
5 yoşli Nilufar Sangboyeva 2003 yil 23 sentyabrda Sankt-Peterburgda neonatsistlar tomonidan öldirilgan. Bu OAVda qayd etilgan ilk holat edi. Qiz metall kastet va piçoq bilan öldirilgan. Jinoyat milliy nafrat asosida sodir etilgani rasman tan olingan.

“Migrantofobiya radikallarni rağbatlantiradi”
Migratsiya böyiça ekspert Şuhrat Latifining fikriça, Rossiyada migrantlarga nisbatan salbiy munosabat siyosiy va axborot makonida kuçaygani sari zöravonlik ham oşmoqda.
“Faqat Qobiljon öldirilganidan keyin 24 soat içida 1700 dan ortiq odam internetda qotilni qöllab-quvvatladi. Bu juda xavfli signal”, deydi u.Ekspert jinoyatlar sababini profilaktikaning yöqligi, diskriminatsiyaga qarşi talimning yetişmasligi va jazolaşning sustligida köradi.