Rossiyadagi koloniyada 3 özbekistonlik terakt uyuştirişda gumonlanmoqda
20-12-2025, 09:26
290 марта

Rossiyadagi koloniyada 3 özbekistonlik terakt uyuştirişda gumonlanmoqda
Rossiyaning Rostov viloyatidagi jazoni ijro etiş koloniyasida “Iroq va Şom islom davlati”ning (IŞID) tarafdori bölgan uç özbekistonlik terrorçilik hujumini rejalaştirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Malum qilinişiça, hujumni rejalaştirgan şaxslar qamoqxona xodimlarini garovga oliş va binolarga öt qöyişni közlagan, biroq rejasini amalga oşirişga ulgurmagan. Tintuvlar çoğida gumonlanuvçilardan ötkir buyumlar, şuningdek, terrorçilik taşkiloti bayroğiga öxşaş tasvir tuşirilgan mato parçalari topilgan.
Manbaning aniqlik kiritişiça, gumonlanuvçilar Özbekiston fuqarolari bölib, IŞID tarafdorlari hisoblanadi. Ulardan biri qotillik, ikkinçisi giyohvand moddalar muomalasi, uçinçisi esa soğliqqa oğir qasddan zarar yetkaziş jinoyatlari uçun jazoni ötayotgan bölgan.
Tergovçilar fikriça, gumonlanuvçilar xodimlarni garovga oliş va binolarga öt qöyiş rejasini işlab çiqqan. Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmagan.
Tezkor-qidiruv materiallari asosida Rostov viloyati böyiça Tergov qömitasi mazkur şaxslarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi (Jinoyat sodir etişga tayyorgarlik) va 205-moddasi 2-qismi (terrorçilik harakatiga suiqasd) bilan jinoyat işi qözğatgan.