Xalqaro hamkorlik: Urganç davlat universiteti professor-öqituvçilari Çexiyada malaka oşirdi
20-12-2025, 14:41
88 марта
Xalqaro hamkorlik: Urganç davlat universiteti professor-öqituvçilari Çexiyada malaka oşirdiJoriy yilning 1–18 dekabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti professor-öqituvçilari Çexiya Respublikasida xizmat safarida bölib, nufuzli xalqaro dasturlar doirasida malaka oşirib qaytdilar.
Xususan, universitetning Iqtisod kafedrasi dotsenti B.Qöziboyev hamda Turizm kafedrasi öqituvçisi O.Turayev Çexiyaning Çeske-Budeyovitse şahrida joylaşgan Janubiy Bogemiya universitetida “Visiting Professor” hamda “Erasmus+ International Credit Mobility (ICM)” dasturlari asosida bilim va tajribalarini boyitdilar.
Taşrif davomida ular xalqaro akademik va metodik uçraşuvlarda faol iştirok etib, iqtisodiyot va turizm yönalişlari böyiça ilğor xorijiy tajribalar bilan tanişdilar. Şuningdek, talim jarayonini takomillaştiriş, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş va öquv-metodik hamkorlikni kuçaytiriş böyiça özaro tajriba almaşuvi amalga oşirildi.
Şu bilan birga, Janubiy Bogemiya universiteti bilan hamkorlikda Çexiya turizm boşqarmasining DMO (Destination Management Office) agentligi mutaxassisi Matey Peyşar hamda Meksika Milliy avtonom universiteti ilmiy tadqiqotçisi, doktor Lyusi Krespo Stupkova bilan uçraşuvlar ötkazildi. Uşbu muloqotlarda hududiy turizmni samarali boşqariş, mahalliy tadbirkorlar va turizm operatorlari bilan işlaş mexanizmlari, şuningdek, turistik yönalişlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Qolaversa, Janubiy Bogemiya universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekan örinbosari doktor Vladimir Kadlets hamda fakultet professori Kamil Piça bilan bölib ötgan uçraşuvlarda ikki oliy talim muassasasi örtasidagi akademik hamkorlikni yanada kengaytiriş, turizm sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ilmiy-tadqiqot va talimiy dasturlarni yölga qöyiş, şuningdek, öqituvçi va talaba almaşinuvi dasturlarini rivojlantiriş böyiça kelgusi rejalar belgilab olindi.
Mazkur xizmat safari Urganç davlat universitetining xalqaro nufuzini oşiriş, talim sifatini yaxşilaş hamda jahon tajribasini öquv jarayoniga joriy etişda muhim ahamiyat kasb etdi.

