Turkiyaning Aksaray universiteti va Urganç davlat universiteti örtasida Memorandum imzolandi
6-10-2025, 15:53
298 марта
Turkiyaning Aksaray universiteti va Urganç davlat universiteti örtasida Memorandum imzolandiBugun ilmiy hamkorlik va talimiy aloqalar doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti hamda Turkiya Respublikasining Aksaray universiteti örtasida özaro anglaşuv Memorandumi imzolandi.
Mazkur rasmiy hujjat Aksaray universiteti rektori, professor, Dr. Alpay Aribas hamda Urganç davlat universiteti Xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Ğayat Örazboyevlar tomonidan imzolandi.
Mazkur hujjat ikki oliy talim muassasasining uzoq muddatli strategik hamkorlikka yönaltirilgan ezgu maqsadidir. Memorandum doirasida professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, qöşma ilmiy tadqiqotlar, talim dasturlarini rivojlantiriş, xalqaro loyihalarda birgalikda iştirok etiş kabi qator yönalişlarda hamkorlikni kuçaytiriş rejalaştirilmoqda.
Şubhasiz, bu hamkorlik nafaqat ikki universitet ilmiy jamoasiga, balki butun mintaqaviy talim va ilm-fan taraqqiyotiga yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
Mazkur memorandum talimdagi innovatsiyalar, ilmiy salohiyatni oşiriş va yoş avlodni global bilimlar maydoniga tayyorlaşda muhim poydevor bölib xizmat qiladi.



