Içki işlar vazirligining Xorazm akademik litseyi, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti akademik litseyi, Urganç davlat pedagogika instituti akademik litseyi hamda Toşkent tibbiyot ak
6-10-2025, 16:07
490 марта

Iqtidor – kelajak poydevori, hamkorlik – uning garovi!
Yurtimizda talim-tarbiya tizimini takomillaştiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ular uçun keng imkoniyatlar yaratiş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4306-sonli qarori asosida bu yönalişdagi islohotlar yangi bosqiçga kötarilmoqda.Şu maqsadda içki işlar tizimi ham talim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yoş avlodda vatanparvarlik, masuliyat va bilimga intiliş hissini oşiriş böyiça amaliy qadamlar taşlamoqda.
Yaqinda Içki işlar vazirligining Xorazm akademik litseyi, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti akademik litseyi, Urganç davlat pedagogika instituti akademik litseyi hamda Toşkent tibbiyot akademiyasi Urganç filiali akademik litseyi örtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uşbu kelişuvning asosiy maqsadi – iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning salohiyatini töliq namoyon etişlari uçun barça şaroitlarni yaratiş, bilimli, fidoyi va Vatanga sadoqatli avlodni tarbiyalaşdan iborat.
Memorandum doirasida talim muassasalari örtasida ilmiy-amaliy seminarlar, tanlov va olimpiadalar taşkil etiş, fan va sport sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ilğor pedagogik tajribalarni özaro örganiş közda tutilgan.
Hamkorlikning yana bir muhim jihati – yoşlarning içki işlar organlari tizimidagi tartib-intizom, fidoyilik va yurtga sadoqat ananalaridan bahramand bölişidir. Bu esa ularning kelajakda masuliyatli fuqaro, munosib mutaxassis va haqiqiy vatanparvar bölib yetişişlariga zamin yaratadi.
Zero, iqtidor – kelajak poydevori bölsa, hamkorlik – uning mustahkam garovidir. Talim muassasalari örtasidagi bunday hamjihat qadamlar esa yurtimiz taraqqiyoti yölida faol, bilimdon va fidoyi avlodni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.




