Özbekistonda Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi tasis etiladi
8-09-2025, 19:20
169 марта

Özbekistonda Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi tasis etiladi
Özbekistonda joriy öquv yilidan boşlab pedagogika yönalişidagi oliy talim muassasalarining talabalari uçun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi tasis etiladi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan talim tizimini isloh qiliş masalalariga oid taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, 2026 yildan boşlab, har yili umumtalim maktablari örtasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun “Ilğor muhandislik maktabi” milliy tanlovi ötkaziladi.
Şuningdek, tabiiy fanlarni öqitişni yaxşilaş maqsadida barça hududlarda ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil qilinadi. Toşkent şahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab bu yönalişda tayanç maktab sifatida xizmat qiladi.
Toşkent şahrida N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “ToşTeç” texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti oçiladi.
Yana bir yangilik öqituvçilikka mehr qöygan yoşlarni rağbatlantirişga qaratilgan. Hozirgi kungaça bu sohada alohida davlat stipendiyasi yöq edi. Şu bois, joriy öquv yilidan boşlab, pedagogika yönalişidagi oliy talim muassasalarining talabalari uçun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi tasis etilmoqda. Stipendiya bakalavriatning 3-4-kurslari uçun böladi, yoşlarni öqiş va ilmiy izlanişlarga undaydi.
Bildirilişiça, yiğilişda fan va innovatsiyalar sohasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar taqdimot qilingan. Oliy talimdan keyingi talim tizimida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlaş tartiblari takomillaştiriladi. Jumladan, doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar mamlakatni rivojlantirişning ustuvor yönalişlaridan kelib çiqib belgilanadi.
Fanlar akademiyasining respublikada istiqbolli ilmiy yönalişlarni rivojlantiriş, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oşiriş, ilmiy işlanma natijalarini amaliyotga tatbiq etişdagi örni kuçaytiriladi.
Davlat rahbari bildirilgan takliflarni maqullab, tegişli hujjatlarni imzolagan. Ulardagi vazifalar ijrosini tizimli va sifatli taminlaş böyiça körsatmalar berilgan.