Isroil bosqini sabab 500 ming falastinlik işsiz qoldi
23-12-2025, 08:44
82 марта

Isroil bosqini sabab 500 ming falastinlik işsiz qoldi
Isroil 2023 yil oktyabr oyida Ğazo sektori va bosib olingan Ğarbiy Sohilda uruş harakatlari boşlanganidan buyon yarim milliondan ortiq falastinlik öz iş joyidan ayrildi. Bu haqda Falastin kasaba uyuşmalari federatsiyasi bayonotiga tayanib, Daily Sabah xabar berdi.Bayonotda qayd etilişiça, Isroil armiyasining muntazam blokadalari, yöllarning yopilişi va har kungi reydlar falastinliklarni işidan ayrilişiga sabab bölgan. Bu siyosat insonlarning munosib yaşaş va mehnat qiliş huquqini butunlay çeklab qöymoqda. Xususan, sönggi ikki yillik agressiya oqibatida:
- Ğarbiy Sohilda işsizlik darajasi 50 foizdan oşgan;
- Ğazo sektorida esa bu körsatkiç 84 foizdan köproqni taşkil qilmoqda.
Falastinlik işçilarning öz iş joylariga bora olmasligi oqibatida körilgan moliyaviy zarar 9 milliard dollardan oşib ketgan. Buning ustiga, mahalliy işlab çiqariş tarmoqlari, xususan, qişloq xöjaligi, quriliş va xizmat körsatiş sohalari butunlay vayron bölgan. Bundan taşqari 2023 yil oktyabridan buyon 44 nafar işçi öldirilgan, yuzlab işçilar jarohatlangan va 34 000 dan ortiq falastinlik Isroil armiyasi tomonidan hibsga olingan.