Rossiyada öldirilgan tojikistonlik bolaning onasiga uy berildi
23-12-2025, 19:50
976 марта

Rossiyada öldirilgan tojikistonlik bolaning onasiga uy berildi
Jurnalistlar 22 dekabr kuni marhum bolaning uyiga taşrif buyurgan. Qobiljonning qarindoşlaridan biri Nilufar Safoyevaga uy taqdim etilganini aytgan. Biroq uy qanday tartibda va qaçon topşirilgani böyiça tafsilotlarni oçiqlamagan. Asia-Plus’ning boşqa manbalari esa bu malumotni na tasdiqlagan, na rad etgan.
Qobiljonning qarindoşlaridan biri Şerzod Alizoda “uy mamlakat hukumati nomidan berilganini” bildirdi. Biroq aynan qaysi davlat organi taqdim etganini oçiqlamadi. Vaziyatdan xabardor manbaning Asia-Plus’ga bildirişiça, 22 dekabr kuni ertalab mamlakatning bir qator yuqori martabali amaldorlari Qobiljon Aliyevning oilasiga taşrif buyurib, hamdardlik bildirgan. Ularning ismlari oşkor etilmagan.
Qarindoşlar oila hozirda mablağ yiğişga muhtoj emasligini malum qildi.
“Biz yordam bergan va yordam bermoqçi bölgan barçadan minnatdormiz. Şu bilan birga, jamoatçilik şuni bilişini xohlaymiz: hozir biz yordamga muhtoj emasmiz, Qobiljonning onasi nomiga oçilgan bank hisob raqami yopilgan. Şu munosabat bilan heç qanday bank hisob raqamlariga pul ötkazmaslikni söraymiz”, dedi marhumning qarindoşlari.