Polşa inson organlari savdogarini Qozoğistonga topşirdi
24-12-2025, 22:18
219 марта

Polşa inson organlari savdogarini Qozoğistonga topşirdi
Qozoğiston Boş prokuraturasi va Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari, Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi kömagi bilan inson organlari savdosi böyiça transmilliy tarmoqqa aloqadorlikda gumon qilinayotgan Ukraina fuqarosi Polşadan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi. Tergov malumotlariga köra, uşbu sxema orqali önlab noqonuniy transplantatsiyalar amalga oşirilgan. Bu haqda Qozoğiston Boş prokuraturasi xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur ukrainalik ayol beş yildan ortiq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bölgan. Malumotlarga köra, u 2017-2018 yillarda inson organlarini noqonuniy olib-sotiş bilan şuğullangan transmilliy uyuşgan jinoyat guruhining azosi bölgan.
Bildirilişiça, gumondor jinoyat zanjiridagi asosiy vazifalardan birini bajarib kelgan. U potentsial donorlar va retsipiyentlarni izlaş, ularning uçraşuvlarini taşkil qiliş, maxfiylikni taminlaş, şuningdek, organlarni noqonuniy sotib oliş va keyinçalik transplantatsiya qiliş operatsiyalarini muvofiqlaştiriş va qöllab-quvvatlaş kabi muhim işlar bilan şuğullangan.
Guruh azolari nafaqat Qozoğistonda, balki Özbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Ukraina, Qirğiziston, Tojikiston va Tailandda ham faoliyat yuritgan. Ular jami 56 ta tirik şaxslardan olingan organlarni noqonuniy savdoga çiqariş operatsiyasini amalga oşirgan.