USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo boyligi kimning qölida? Global tengsizlik tarixiy çöqqiga çiqdi

453 марта

Dunyo boyligi kimning qölida? Global tengsizlik tarixiy çöqqiga çiqdi

2025 yilda dunyoda boylar öz boyligini köpaytirişda davom etmoqda, şu bilan birga kambağallar bilan tafovut oşmoqda. Bu nafaqat moliyaviy jabhada, balki gender tengligi va iqlim şaroiti bilan ham boğliq bölib boryapti. Bu haqda Global tengsizlik hisobotida (WIR 2026) keltirilgan.

Öta tengsiz dunyo

Hisobotga köra, inson kapitaliga egalik qilişdagi global tengsizlik hozir ham nihoyatda katta bölib qolmoqda va bu köpçilik tasavvur qilganidan ança kengroq tafovut. Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada bir bola uçun talimga örtaça xarajat xarid qobiliyati pariteti böyiça atigi 200 yevroni taşkil etsa, Yevropada bu körsatkiç 7 400 yevro, Şimoliy Amerika va Okeaniyada esa 9 000 yevroga yetadi. Bu 1 ga 40 dan ortiq tafovut bölib, jon boşiga YaIMdagi farqdan qariyb uç baravar kattadir. Bunday tafovut bir neça avlod hayoti davomida insonlarning yaşaş imkoniyatlarini belgilab beradi, imkoniyatlar geografiyasini mustahkamlaydi va global boylik ierarxiyasini yanada çuqurlaştiradi.

Hisobot malumotlari global nomutanosiblik miqyosini körsatadi: sayyoradagi eng boy aholining 10 foizi jahon daromadining 53 foizini oladi va jami boylikning 75 foizini nazorat qiladi. Insoniyatning eng kambağal yarmi esa global aktivlarning atigi 2 foiziga egalik qiladi. Piramidaning yuqori qismida boylik jamlanişi tarixiy darajaga yetdi. Yer yuzidagi voyaga yetgan aholining 0,001 foizini taşkil etuvçi qariyb 56 ming kişi quyi yarmidagi 4 milliard odamning jami boyligidan uç baravar köp mablağga egalik qiladi. Ularning uluşi 1995 yildagi 3,8 foizdan 2025 yilda 6,1 foizgaça oşgan.

Farq tobora kengaymoqda: 1990 yillarning örtalaridan beri milliarderlar va öta boylar boyligi yiliga taxminan 8 foizga ösgan. Kambağallarning farovonligi sekin ösayotgani esa umumiy manzarani özgartirmaydi: jahon iqtisodiyoti şunday tuzilganki, globallaşuvdan asosiy foyda tor doiradagi guruh qölida jamlanadi.

Boylarning çiqindilari uçun kim javobgar?

Hisobot ilk bor kapitalga egalik qiliş bilan issiqxona gazlari çiqindilari örtasidagi boğliqlikni batafsil tahlil qiladi. Sayyora aholisining eng kambağal yarmi işlab çiqariş aktivlariga xususiy egalik bilan boğliq çiqindilarning atigi 3 foizi uçun javobgar. Eng boy 10 foiz esa bunday çiqindilarning 77 foizini, öta boy 1 foiz esa 41 foizini işlab çiqaradi – bu qolgan 90 foiz aholining barçasidan deyarli ikki baravar köp. Bu nomutanosiblik ikki karra adolatsizlikni yuzaga keltiradi: iqlim özgarişiga eng kam hissa qöşganlar uning oqibatlariga eng köp duç keladi va moslaşiş uçun eng kam resurslarga ega böladi. Hisobot mualliflarining bildirişiça, iqlim inqirozi boylikning jamlanişi inqirozidan ajralmaydi va moliyaviy hamda investitsion tuzilmalarni qayta qurmasdan samarali iqlim siyosati yuritib bölmaydi.

Körinmas mehnat va qadrsizlangan hissa

Global miqyosda ayollar mehnat daromadlarining atigi 28 foizini oladi – bu körsatkiç 1990 yildan beri deyarli özgarmagan. Hududlar böyiça farqlar katta: Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikada ayollar uluşi 16 foiz, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyoda 20 foiz, Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasida esa taxminan 40 foizni taşkil etadi. Ayniqsa, haq tölanmaydigan uy mehnatini hisobga olgandagi malumotlar etiborga molik. Uy va oila parvarişini qöşib hisoblaganda, ayollar haftasiga örtaça 53 soat, erkaklar esa 43 soat işlaydi. Biroq ayollarning soatlik daromadi erkaklarnikining atigi 32 foiziga teng bölib qoladi (faqat haq tölanadigan mehnat hisoblanganda bu körsatkiç 61 foiz edi). Bu nomutanosiblik ayollarning martaba imkoniyatlari, siyosiy iştiroki va aktivlar jamğarişini çeklaydi.

Boylar tölamaydigan soliqlar

Hisobot zamonaviy soliq tizimlaridagi paradoksni qayd etadi: daromad oşgani sari samarali daromad soliği stavkalari kötariladi, biroq milliarderlar va öta boylar darajasida keskin pasayadi. AQŞ, Frantsiya, Niderlandiya, Ispaniya va Braziliyada moliyaviy elita vakillari nisbatan kamroq daromadga ega xonadonlarga qaraganda mutanosib ravişda kamroq soliq tölaydi. Bunday regressivlik davlatlarni talim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy sohaga sarmoya kiritiş uçun zarur resurslardan mahrum qiladi. Mualliflarning hisob-kitobiga köra, öta badavlat şaxslar (100 million dollardan ortiq aktivlarga ega qariyb 92 ming kişi) uçun joriy etiladigan global minimal boylik soliği stavkaga qarab yiliga jahon YaIMining 0,45 foizidan 1,11 foizigaça daromad keltirişi mumkin. Bu mablağlar Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va Janubiy Osiyodagi talim xarajatlaridan 1,2-2,9 baravar köp bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: