Markaziy Osiyoda töyib ovqatlanmaslik darajasi 5 baravar kamaydi – BMT
7-08-2025, 06:56
151 марта

Markaziy Osiyoda töyib ovqatlanmaslik darajasi 5 baravar kamaydi – BMT
Sönggi 20 yil içida Markaziy Osiyoda töyib ovqatlanmaslik darajasi 13,1 foizdan (2005 yil) 2,8 foizgaça (2024 yil) pasayib, beş baravardan köproqqa kamaygan. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti hisobotida keltirilgan.Unga köra, oçlikni kamaytirişdagi eng yuqori suratlar 2019 yilgaça kuzatilgan, biroq bu progress COVID-19 pandemiyasi sababli töxtagan. 2020-2021 yillarda oçlikdan aziyat çekayotganlar soni 2,5 million kişiga yetgan.
Şunga qaramay, oziq-ovqat xavfsizligi siyosati va iqtisodiy tiklaniş tufayli mintaqa yana ijobiy dinamikaga qayta olgan. Global kontekstga nisbatan Markaziy Osiyo barqarorroq natijalarni körsatmoqda. Dunyo miqyosida esa töyib ovqatlanmaslik darajasi 2005 yildagi 12 foizdan 2023 yilga kelib 8,2 foizgaça tuşgan.
Şunga qaramay, soğlom ovqatlaniş hanuzgaça mintaqa aholisining 14 foizi uçun (taxminan 11,5 million kişi) imkonsizligiça qolmoqda. Ammo bu körsatkiç ham kamaymoqda: 2020 yilda bu son 14,5 million bölgan.
Oxirgi 12 yil içida mintaqada bolalar orasidagi doimiy töyib ovqatlanmaslik şakllari ham sezilarli darajada kamaygan. 5 yoşgaça bölgan bolalar orasida ösişdan qoliş holatlari 2012 yildagi 14,8 foizdan 2024 yilda 7,4 foizgaça kamaygan. Tananing ozib ketişi (ötkir ovqatlaniş yetişmovçiligi) esa 3,8 foizdan 2,1 foizgaça tuşgan.
Hisobotga köra, ayrim taşvişli holatlar saqlanib qolmoqda. Masalan, reproduktiv yoşdagi ayollar orasida kamqonlik darajasi deyarli özgarmagan: 2012 yilda 32,3 foiz bölgan bu körsatkiç 2023 yilda ham 32 foizni taşkil qilgan. Bu holat ayniqsa homilador ayollar orasida temir va mikroelementlar yetişmasligi muammosi saqlanayotganidan dalolat beradi.