Putin Ukraina bilan hududlarni qisman “almaşiş”ga tayyor
26-12-2025, 19:57
85 марта

Putin Ukraina bilan hududlarni qisman “almaşiş”ga tayyor
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hali ham Ankorij sammitida kelişib olingan muayyan yon berişlarga tayyor. Bu haqda u keça, 25 dekabr kuni Davlat kengaşi yiğilişida malum qildi.Ukrainaning “Strana” naşri va boşqa OAVlarning avvalgi xabarlaridan kelib çiqib, gap Kreml 2022 yil kuzida okkupatsiya qilingan hududlarda ötkazilgan “referendumlar” natijasida Rossiya tarkibiga kiritilgan deb elon qilingan Zaporoje va Xerson viloyatlaridan Ukraina qöşinlarini çiqib ketişi talabi qöyilmasligi haqida ketmoqda.
“Kommersant” malumotlariga köra, Davlat kengaşi yiğilişida Putin asosan AQŞ va Ukraina bilan uruşni töxtatiş rejasi böyiça olib borilayotgan muzokaralar haqida gapirgan. Jumladan, u “Rossiya tomonidan ham hududlarni qisman almaşiş istisno etilmaydi”, deb aytgan.
Şu bilan birga, Putin “Kramatorsk–Konstantinovka–Slavyansk (Ukrainaning Donetsk viloyatidagi) tugunining qaysi davlatga tegişli ekani masalasi muhokama qilinmaydi”, deb alohida takidlagan.
Vladimir Putinning sözlariga köra, hozir Rossiya va AQŞ Zaporoje atom elektr stantsiyasini (ZAES) qöşma boşqariş masalasini muhokama qilmoqda. Aytişiça, AQŞ tomoni stantsiyada mayning bilan şuğullaniş imkoniyatiga qiziqiş bildirgan, şuningdek, Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib beriş masalasini kötargan.
Ukrainalik mutaxassislar ZAESda işlaşi mumkinmi, degan savolga Putin ular hozir ham u yerda ekanini, “faqat endilikda ularning pasportlari Rossiyaniki”, deb javob bergan. Şuningdek, u yevropalik yetakçilar bilan muzokaralardan söng AQŞ ayrim takliflaridan “çekinganini” aytgan va buni zaiflik belgisi deb baholagan.
Bugun, 26 dekabr kuni ertalab Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin orada AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişini malum qildi.
“Bir kunni ham yöqotmayapmiz. Eng yuqori darajada – Prezident Tramp bilan – yaqin vaqtda uçraşuv böyiça kelişib oldik. Yangi yilgaça köp narsa hal bölişi mumkin”, deb yozdi u özining Telegram-kanalida.