Putin Rossiyada “yil odami” sörovida 2-örinni oldi
27-12-2025, 17:32
75 марта

Putin Rossiyada “yil odami” sörovida 2-örinni oldi
Rossiyada ilk bor “yil odami” deb heç kim topilmadi. Ikkinçi örinni esa mamlakat Prezidenti Vladimir Putin egalladi. Bunday natijalar “Russian Field” kompaniyasi elon qilgan sotsiologik telefon sörovi yakunlariga köra malum böldi.Rossiyaliklarning aksariyati “2025 yil odami” sifatida aniq bir şaxsni ayta olmagan, şu sababli birinçi örinda “heç kim” javobi qayd etilgan. Tadqiqotçilar tomonidan 1600 nafar respondent iştirokida ötkazilgan telefon sörovi natijalariga köra, fuqarolarning katta qismi – 35 foizi “yil odami”ni aniq aytişda qiynalgan. Sörovda qatnaşganlarning 33 foizi Vladimir Putin uçun ovoz bergan. Şuningdek, iştirokçilarning 4 foizi Donald Trampni “yil odami” deb atagan, 3 foizi esa erini yoki xotinini körsatgan.
Boşqa bir tadqiqotga köra, sörovda qatnaşgan rossiyaliklarning uçdan bir qismi (36 foiz) siyosat sohasida “2025 yil odami” sifatida Vladimir Putinni tanlagan. Bu malumotlar “Jamoatçilik fikri” jamğarmasi tomonidan ötkazilgan sörov davomida olingan.
Respondentlarga siyosat, madaniyat va sport sohalarida “yil odami”ni tanlaş taklif qilingan. Natijada sörovda qatnaşganlarning uçdan bir qismi rossiyalik siyosatçilar va jamoat arboblari orasida “yil odami” Vladimir Putin bölganini aytgan. Ikkinçi örinda mamlakat Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov – uni iştirokçilarning 6 foizi tanlagan, uçinçi örinda esa mamlakat Boş vaziri Mixail Mişustin 5 foizlik natija bilan qayd etilgan.