Maxfiy hujjatlar Putinning çorak asr avvalgi davosini örtaga çiqardi
27-12-2025, 17:42
530 марта

Maxfiy hujjatlar Putinning çorak asr avvalgi davosini örtaga çiqardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001 yildayoq Ukrainaga köz tikkan, Qozoğiston va Kavkazga nisbatan hududiy davo bilan çiqqan. Jorj Vaşington universiteti (AQŞ) huzuridagi Milliy xavfsizlik arxivi saytida çop etilgan maxfiylikdan çiqarilgan stenogrammalar ana şundan dalolat beradi.Putin 2001 yil 16 iyun kuni Sloveniya poytaxti Lyublyana şahrida AQŞ prezidenti Jorj Buş bilan uçraşuvda Rossiyaning ulkan hududi boşqalarga berib yuborilganidan yozğirgan.
«Rossiyaliklar minglab kilometr yerlarini qöşqöllab berib yubordi. Aql bovar qilmaydigan holat bu. Asrlar mobaynida Rossiyaning bir qismi bölgan Ukraina qöldan ketdi. Qozoğiston berildi. Kavkaz ham. Tasavvur qiliş qiyin, partiya yetakçilari şunday qildi», – degan Putin 2001–2009 yillarda AQŞga rahbarlik qilgan Jorj Buşga.
Putin Rossiya 1954 yilda NATOga azo böliş uçun ariza bergani, biroq bu sörov rad etilganidan noligan. Şuningdek, u NATOning kengayişi Moskva uçun tahdid ekanini takidlagan.
Rossiya rahbari hamkasbi Jorj Buş bilan 2008 yilgi uçraşuvda ham Ukraina «sovet davrida yaratilgan suniy davlat» ekanini iddao qilgan va Ukrainaning NATOga qöşilişi tomonlar örtasida uzoq muddatli ziddiyat keltirib çiqarişidan ogohlantirgan.
Tahlillarga qaraganda, Putinda hududiy davolar u prezidentlikka kelgunga qadar paydo bölib ulgurgan.
Avval xabar berganimizdek, Germaniya taşqi işlar vazirligi çop etgan arxiv hujjatlarida Vladimir Putin 1994 yildayoq Ukraina va Qozoğistonga nisbatan hududiy davo bilan çiqqani bayon etilgan.
«Uning (Putin nazarda tutilmoqda – tahr.) sözlariga köra, Qrim, Şarqiy Ukraina va Şimoliy Qozoğiston – kamida uşbu hududlar Rossiya uçun heç qaçon ajnabiy yerlar sanalmagan, balki hamişa Rossiya hududining tarkibiy qismi sanalgan. Göyo biror bir rusga uşbu hududlar endilikda boşqa mamlakatlarga tegişli ekanini tuşuntiriş imkonsiz emiş», – deb yozadinemis diplomati 1994 yil 14 yanvarga oid bitikda.