Rossiya Kiyevga yopirilma zarba yölladi
28-12-2025, 12:44
283 марта

Navbatdagi yirik hujum Tramp va Zelenskiy uçraşuvi arafasida amalga oşirildi.
Zelenskiyning sözlariga köra, energetika obektlari va turar joy binolari zarba ostida qolgan. Ukraina içki işlar vazirligi 10 dan ortiq turar joy binolariga zarar yetganini malum qildi. Mahaliy pabliklarda Kiyevdagi hujum nişoni Issiqlik elektr stantsiyalari bölgani yozilgan.
Kiyevda hujum oqibatida bir kişi halok bölib, 32 kişi yaralangan, şundan ikki nafari bolalar. IIV xabarida Kiyev oblastining Belaya Tserkov şahrida ham bir kişi halok bölgani aytilgan.
Ukraina Energetika vazirligi Rossiya mamlakat energetika tizimiga yirik hujum uyuştirganini malum qildi. Kiyev şahri va oblasti, şuningdek, Çernihiv oblastidagi istemolçilar elektr taminotisiz qolgan. Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenko Kiyev şahri va Kiyev oblastida energetiklar 600 ming istemolçini elektr energiyasi bilan taminlaşni tiklaş ustida işlayotganini malum qilgan.
Kiyevda Dnipro daryosining çap sohilidagi ayrim hududlar elektr energiyasidan uzilgan. Bundan taşqari, şaharning bir qismi issiqlik taminotisiz qolgan. Şahar meri Vitaliy Kliçkoning aniqlik kiritişiça, 2600 dan ortiq turar joy binolari, 187 ta bolalar boğçasi, 138 ta maktab va 22 ta ijtimoiy soha obekti issiqlik taminotidan uzilgan.
Zelenskiy Kiyev böylab zarbalarga munosabatida Rossiya uruşni yakunlaşni istamayotganini takidladi:
Şu kunlarda savollar köp böldi. Qöşma Ştatlar va butun dunyo tomonidan uruşni tugatiş böyiça berilgan takliflarga Rossiyaning javobi qani? Rossiya vakillari uzoq muzokaralar olib boradi, lekin aslida ularning nomidan «Kinjal» va «Şahid»lar gapiradi. Bu Putin va uning atrofidagilarning asl munosabati. Ular uruşni tugatişni istamaydi va Ukrainaga köproq oğriq yetkaziş hamda dunyoning boşqa qismiga bosimni oşiriş uçun har bir imkoniyatdan foydalanişga harakat qilmoqda.
Va bu javob uçun yetarliça bosim yöqligini anglatadi. Agar Rossiya hatto Rojdestvo va Yangi yil vaqtini vayron bölgan uylar va yonib ketgan kvartiralar, vayron bölgan elektr stantsiyalari vaqtiga aylantirsa, bunday faollikka faqat haqiqiy kuçli qadamlar bilan javob beriş mumkin. Amerika şunday imkoniyatga ega, Yevropa şunday imkoniyatga ega, köplab hamkorlarimiz şunday imkoniyatga ega. Muhimi – bu imkoniyatdan foydalaniş.
Öz navbatida, Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya qurolli kuçlari «Ukrainaning Rossiya hududidagi fuqarolik obektlariga uyuştirgan terrorçilik hujumlariga javoban» yopirilma zarba berganini malum qildi. Zarbalar nişoni energetika infratuzilmasi obektlari va harbiy-sanoat kompleksi korxonalari böldi, deyiladi Rossiya tomoni bayonotida.
Tramp va Zelenskiy uçraşuvi arafasidagi hujum
Rossiya Ukrainaga Volodimir Zelenskiy va AQŞ prezidenti Donald Tramp örtasida bölib ötişi kutilayotgan navbatdagi muzokaralar arafasida hujum qildi. Ularning uçraşuvi Toşkent vaqti bilan 29 dekabrga ötar keçasi Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bölib ötişi rejalaştirilgan.
Uçraşuv oldidan Zelenskiy Tramp bilan uruşni tugatiş masalasini muhokama qilmoqçiligini, şuningdek, Rossiyaning Donbass hududlari böyiça talablari böyiça yangi kelişuvga erişmoqçiligini aytgandi. Uning sözlariga köra, AQŞ va Ukraina örtasidagi ikki tomonlama kelişuvlarning köp jihatlari allaqaçon belgilangan. Xususan, AQŞ Ukrainaga şartnomani uzaytiriş imkoniyati bilan 15 yilga xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan. «Ammo bizga bundan köproq vaqt kerak», – degan Zelenskiy Axios’ga bergan intervyusida. U Tramp bu muddatni uzaytirişga rozi bölişiga umid qilmoqda.
Şu bilan birga, Tramp Politico naşriga bergan intervyusida Ukraina prezidenti bilan «yaxşi» uçraşuv ötkazişga umid qilayotganini aytdi. U Zelenskiyda «özi maqullamaguniça heç narsa bölmasligi» haqida ogohlantirgan. Tramp tez orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham telefon orqali gaplaşmoqçi ekanini qöşimça qilgan.
AQŞ va Yevropa rasmiylari Tramp va Zelenskiyning uçraşuvi samarali bölişiga umid qilmoqda, deb xabar berdi CNN. Şu bilan birga, yevropaliklar Tramp bilan har qanday uçraşuv natijasini oldindan aytib bölmasligini tan olişadi. «Tramp bilan xavfsiz variantlar yöq», – degan telekanalga NATO rasmiylaridan biri.
Yevropalik siyosatçilar Floridadagi uçraşuvda iştirok etmaydi. Ammo ular Tramp va Zelenskiy bilan muzokaralardan oldinroq telefon orqali gaplaşadi.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA



