Donbass masalasi hal bölmadi: Tramp va Zelenskiy uçraşuvi natijalari
29-12-2025, 09:18
272 марта

Tinçlik kelişuvi qaçon tuzilişi mumkinligi haqida söralganda, Tramp qöşma matbuot anjumanida şunday dedi: “Agar hammasi haqiqatan juda yaxşi ketsa — ehtimol, bir neça hafta içida. Agar yomonroq ketsa — uzoqroq. Agar haqiqatan juda yomon ketsa — umuman heç narsa çiqmaydi”.
Amerika rahbari Ukrainadagi harbiy harakatlarni Ikkinçi jahon uruşi davridan keyingi eng qonli va eng yirik töqnaşuv deb atadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa 20 punktdan iborat tinçlik rejasi 90 foizga kelişilgani, AQŞ–Ukraina xavfsizlik kafolatlari esa 100 foizga kelişilganiga işonç bildirdi. Uning qöşimça qilişiça, AQŞ–Evropa–Ukraina xavfsizlik kafolatlari ham deyarli işlab çiqilgan.
Zelenskiyning sözlariga köra, bahsli masalalarni yakunlaş uçun ikki davlat jamoalari yaqin haftalarda uçraşadi. Uning takidlaşiça, Yevropa yetakçilari va Ukraina delegatsiyasi yanvar oyida Vaşingtonga kelişi ehtimoli bor.
Taraflar hali Donbassdagi hududlar masalasida yakdil qarorga kelolmayapti. Oq uy rahbari Ukraina va Rossiya ularning maqomi böyiça “yaqinlaşayotgani”ni aytdi, ammo vazifa baribir juda murakkabligiça qolmoqda: “Bu masala hal qilinmagan, ammo biz yeçimga ança yaqinlaşdik. Bu juda murakkab masala, lekin menimça, u hal böladi”, — dedi AQŞ prezidenti.
Zelenskiy esa öz navbatida Trampning tinçlik rejasi ayrim bandlari böyiça referendum ötkazilişi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Zaporijjya atom elektr stantsiyasi (ZAES) haqida gapirgan Tramp uning maqomini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatida muhokama qilganini, Putin esa “Ukraina bilan uni oçiş böyiça iş olib borayotgani”ni aytdi. Tramp şuningdek, Rossiya rahbari stantsiyani raketalar bilan nişonga olmayapti, deb davo qildi. Zelenskiy esa bu jihatni izohlamadi.
Trampning versiyasiga köra, Moskva Ukrainani qayta tiklaşda yordam beriş niyatida. “Rossiya Ukrainani muvaffaqiyatli körişni istaydi”, — dedi AQŞ prezidenti va Putin “elektr energiyasini juda past narxlarda yetkazib berişga tayyor” ekanini qöşimça qildi.
AQŞ va Ukraina prezidentlari muzokaralar boşlanişidan oldin Yevropa yetakçilari bilan qöşma telefon muloqoti ötkazdi. Bundan taşqari, Tramp Zelenskiy bilan uçraşuv oldidan Putin bilan ham telefon orqali suhbatlaşgan. RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning malum qilişiça, qönğiroq Tramp taşabbusi bilan bölib ötgan va 1 soat 15 daqiqa davom etgan.