USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Venesuelada hammayoq tinç – Içki işlar vaziri

277 марта

Venesuelada hammayoq tinç – Içki işlar vaziri 

Venesueladagi vaziyat AQŞ hujumidan keyin tinçligiça qolmoqda va rasmiylar yetkazilgan zararni baholamoqda. Bu haqda mamlakatning fuqarolik xavfsizligi böyiça vitse-prezidenti va Içki işlar, adliya va tinçlik vaziri Diosdado Kabelo.  

“Içki vaziyatga kelsak, mamlakat mutlaqo tinç. Ular bombalar bilan xohlagan narsalariga qisman erişdilar.  Men qisman aytaman,  çunki ular odamlarning qörqoqlik bilan köçalarga çiqib, tartibsizliklarga berilişini kutişgan, ammo qörqoqlar ötmişda qoldi”, deydi u “Telesur” telekanali tomonidan efirga uzatilgan bayonotda.  
Videobayonotda Kabelo taşqarida öq ötkazmaydigan nimça kiygan holda, harbiy va fuqarolik xodimlari bilan öralgan holda turibdi.   

“Biz xalqimizga qarşi uşbu jinoyatçi, terroristik hujum oqibatida yetkazilgan zararni baholaganimizdan söng Karakasda turibmiz”, deydi Kabelo.  
U qurbonlar yoki zarar yetgan inşootlar sonini malum qilmagan. 
Içki işlar vaziri şuningdek,  fuqarolarni eng yuqori siyosiy va harbiy rahbariyatga işonişga çaqirgan.
“Biz bosqinçi duşman uçun işlarni osonlaştirmasligimiz kerak”, deydi u.  
Venesuela ijroçi vitse-prezidenti Delsi Rodriges esa “Telesur” telekanali efirida mamlakat fuqarolarini suverenitet va tabiiy resurslarni himoya qiliş uçun safarbarlikka çaqirdi. 
“Venesuela xalqi töliq milliy birlik şaroitida öz tabiiy resurslarini himoya qiliş uçun safarbar bölişi kerak. Ammo, u mamlakat ega bölişi mumkin bölgan eng muqaddas narsani - mustaqillik huquqini, kelajak huquqini, heç qanday taşqi buyruqsiz, bizni heç kimning mustamlakasiga aylantirmasdan erkin vatanga ega böliş huquqini himoya qiliş uçun ham safarbar etilişi kerak”, deydi ijroçi vitse-prezident.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: