Venesuela AQŞdan harbiy tajovuz bölayotganini elon qildi
3-01-2026, 15:10
84 марта

Venesuela AQŞdan harbiy tajovuz bölayotganini elon qildi
Venesuela Taşqi işlar vazirligi AQŞning öz mamlakatiga qarşi oçiqçasiga tajovuzini qoraladi. Bu haqda Venesuela Taşqi işlar vaziri Ivan Xilning Telegram kanalida elon qilingan bayonotda aytilgan.“Venesuela Bolivar Respublikasi Amerika Qöşma Ştatlarining amaldagi hukumati tomonidan Venesuela hududi va aholisiga qarşi respublika poytaxti Karakas şahrining fuqarolik va harbiy hududlarida, şuningdek, Miranda, Aragua va La-Guayra ştatlarida amalga oşirilgan oçiqçasiga harbiy tajovuzni rad etadi, qoralaydi va xalqaro hamjamiyatga elon qiladi”, deyiladi bayonotda.Mamlakat Taşqi işlar vazirligi uşbu harakat Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomini qöpol ravişda buziş, şuningdek, tinçlik va xalqaro barqarorlikka, xususan, Lotin Amerikasi va Karib dengizida tahdid solişini va millionlab odamlarning hayotini jiddiy xavf ostiga qöyişini takidlaydi.