Uyidan 13 tonna oltin topilgan mulozim ölimga hukm qilindi
3-01-2026, 18:21
784 марта

Uyidan 13 tonna oltin topilgan mulozim ölimga hukm qilindi
Xitoyda Xaynan provintsiyasi markazi Xaykou şahrining sobiq meri va yuqori martabali partiya amaldori Çjan Si korruptsiya, mablağlarni talon-toroj qiliş va mansab vakolatlarini suiistemol qiliş ayblovlari bilan ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda bugun, 3 yanvar kuni “Asianetnews” xabar berdi.Malumotlarga köra, 2019 yilning kuzida uning uyining yertölasidan 13,5 tonna oltin quymalari topilib, musodara qilingan. Tintuvlar çoğida oltindan taşqari 23 tonna naqd pul ham topilib, ularning umumiy qiymati 286 milliard yuan deb baholangan. Şuningdek, sobiq amaldorning Xitoydan taşqarida joylaşgan haşamatli köçmas mulklari va qimmat avtomobillar bilan töla garaji aniqlangan.
Olti yil davom etgan tergov jarayonida Çjan Si davlat şartnomalarini tuziş va yer uçastkalari böyiça bitimlarni ötkazişda kömaklaşiş evaziga muntazam ravişda yirik miqdorda pora olib kelgani aniqlangan. Yiğilgan dalillar asosida sud ayblov hukmini çiqargan va eng oliy jazo – ölim jazosini tayinlagan.