USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qurol-yaroğ omboriga aylangan Yer kurrasi: qaysi davlatning harbiy xarajatlari eng yuqori?

265 марта

Qurol-yaroğ omboriga aylangan Yer kurrasi: qaysi davlatning harbiy xarajatlari eng yuqori?

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan söng dunyoda tartib buzildi va endi har bir davlat öz xavfsizligi uçun yanada köproq harakat va xarajat qilişi lozim. Bugun dunyoning turli davlatlari mudofaa uçun juda katta miqdorda mablağ sarflaşyapti. 2025-yilda dunyoning aksariyat davlatlari öz harbiy xarajatlarni oşirgan. Jumladan, harbiy xarajatlar uçun eng köp pul ajratuvçi 15 davlat umumiy hisobda 2 trln dollardan köp mablağ sarflagan.

Bu Yer yuzida harbiy xarajatlar uçun sarflanayotgan pulning 75 foizini taşkil etadi. Umumiy mablağning salkam yarmi AQŞ, qolgani röyxatdagi 14 davlat hissasiga töğri kelgan.

Ukrainaga bostirib kirib, bu davlat hududini egallaşga urinayotgan Rossiya ham 2-3 yil oldingiga qaraganda harbiy xarajatlar miqdorini qariyb 200 foizga oşirgan. Biroq bu malumot unçalik töğri emas. Çunki Rossiya Ukrainaga qarşi uruş davomida har bir kun uçun juda köp mablağ sarflamoqda.
Bundan taşqari boşqa harbiy xarajatlar ham bor. Şunday ekan, Rossiyaning harbiy xarajatlari uruş boşlangandan buyon taxminan örtaça 150-200 mlrd dollar atrofida (balki undan ham köproq) bölmoqda. 2021-yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari miqdori bor yöği 60-65 mlrd dollar atrofida bölgani inobatga olinsa, uruş boşlangandan söng ösiş bir neça barobar ortgan.


Quyida 2025-yilda harbiy xarajatlar uçun eng köp mablağ ajratgan davlatlar önligi haqida söz yuritamiz.
1. AQŞ
Foto: alamy.com
Amerika dunyodagi eng boy davlat böliş bilan birga, har yili harbiy xarajatlar uçun eng köp mablağ sarflayotgan mamlakat hisoblanadi.
AQŞ 2025-yilda harbiy xarajatlar uçun 884 mlrd dollar ajratgan. Biroq ayrim tahririy portallar xodimlari AQŞ 2025 yil dekabrgaça 962 mlrd dollar xarajat qilganini va yil sarhisobi qilinganda bu raqam 1 trln dollardan oşib ketişi ehtimoli borligini yozib çiqişdi.

2024-yilda Qöşma Ştatlarning harbiy xarajatlari miqdori 997 mlrd dollar bölgandi. Umuman olganda AQŞ ança yillardan buyon harbiy xarajatlar miqdori böyiça birinçi örinda turibdi.

2025 yil dekabrda AQŞ prezidenti 2026 yil mudofaa byudjetini imzoladi. Unga köra, keyingi yilda Amerika mudofaa xarajatlari uçun 901 mlrd dollar işlatadi. Vaziyatga qarab yil oxirigaça bu miqdor birmunça oşişi ham mumkin.
2. Xitoy

Foto: arabic.rt.com
“Çin yurti” SSSR parçalanib ketgandan söng muttasil ravişda öz mudofaa byudjetini oşirib kelmoqda. Masalan, 2020-yilda Xitoyning mudofaa byudjeti 180 mlrd dollar atrofida bölgan. 2025-yilda esa davlat harbiy xarajatlar uçun 249 mlrd dollar ajratgan.
Bugun Xitoy dunyodagi biron bir harbiy mojaroda iştirok etmayapti. Biroq bu davlatning ham öz muammolari yöq emas. Şulardan biri Tayvan.
Xitoy uzoq yillardan buyon Tayvanni özining bir bölagi deb biladi. Biroq Tayvan hukumati ham bu orolni mustaqil davlat deb hisoblaydi. Tayvanni bugun eng köp AQŞ boşçiligidagi Ğarb qizğin qöllab kelmoqda.

Xitoyning muammolari birgina Tayvan emas. Bu davlat quruqlikda 14, dengizda 7 ta davlat bilan bilan çegaradoş. Xitoy öziga çegaradoş davlatlarning aksariyatiga hudud davo qiladi. Hatto Rossiyaga ham.
Şu sababli ham çegaralarda tez-tez qurolli töqnaşuvlar sodir böladi. Hudud davosi ortidan Xitoy va unga qöşni bölgan Hindiston örtasida çegarada tez-tez qurolli mojaro kelib çiqmoqda.

Ötgan yillar orasida Xitoy ana şu davolarning bir qismida öz maqsadiga yetdi va Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston hamda Rossiyadan malum hududlarni oldi. Qolgan davlatlar bilan esa hudud muammosi saqlanib qolmoqda.

Qolaversa, SSSR parçalanib ketgandan söng Xitoy keskin iqtisodiy ösişga erişdi va bugun bu davlat boşqa mamlakatlarga yirik miqdorda qarz beriş evaziga dunyo böylab öz tasir doirasini oşirib bormoqda. Yani ikkinçi qutb lideri bölişga urinmoqda.

Şunday ekan, Xitoy ham boşqa raqobatçi davlatlardan ortda qolmaslik uçun yildan yilga öz harbiy xarajatlarini oşirib kelmoqda.
3. Rossiya

Foto: pentapostagma.gr
Rossiya 2022 yil 4 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirdi va şundan söng bu davlatning harbiy xarajatlari miqdori keskin oşib kelmoqda.

Masalan, Stokgolmdagi tinçlik tadqiqotlari instituti malumotiga köra, 2021-yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari miqdori 65 mlrd dollar atrofida bölgan.
2023-yilda bu körsatkiç 109 mlrd, 2024-yilda esa 149 mlrd dollarga yetgan. 2025-yilda Rossiya harbiy xarajatlar uçun 150 mlrd dollar ajratgan.

Biroq Rossiyaning harbiy xarajatlari miqdori birmunça yuqori. Çunki Moskva uruş boşlangandan buyon harbiy xarajatlarning bir qismi uçun mudofaa byudjetidan taşqari alohida mablağ sarflamoqda.

Turli taxminlarga köra, Rossiya Ukrainaga qarşi uruşning har bir kuni uçun 300 milliondan 500 million dollargaça mablağ sarflamoqda. Bu mablağni bir yilga köpaytirsa 110 milliarddan 190 mlrd dollargaça yetişi mumkin.
Bunga har yili sarflanadigan mudofaa xarajatlari ham qöşilsa, Rossiyaning umumiy harbiy xarajatlari miqdori 200 mlrd dollardan oşib ketadi.
4. Germaniya

Foto: alamy.com
2025-yilda Germaniya harbiy xarajatlar uçun 109 mlrd dollar ajratgan. Nemislar ham bir neça yildan buyon mudofaa xarajatlarini oşirib kelmoqda. Bu qisman Rossiya-Ukraina uruşi bilan boğliq.

2024-yilda Germaniya mudofaa byudjeti uçun 88,5 mlrd, 2023-yilda 66,8 mlrd, 2022-yilda esa 55,8 mlrd dollar ajratgan. 2021-yilda bu miqdor 56 mlrd dollarni taşkil etgan.
2021, 2022 va 2023-yillarda Germaniya harbiy xarajatlar böyiça dunyo reytingida 7-örinda bölgan. 2024 va 2025-yillarda nemislar harbiy xarajatlarni keskin oşiriş hisobiga 4-öringa çiqib oldi.
5. Britaniya

Foto: dailymail.co.uk
Söngi yillarda Britaniyaning ham harbiy xarajatlari miqdori oşib bormoqda. Bunga Rossiya-Ukraina uruşi sabab bölyapti. Britaniya ham boşqa Ğarb davlatlari kabi Ukrainani qizğin qöllayapti va muntazam ravişda bu davlatga harbiy yordam körsatyapti.

2021-yilda Britaniyaning mudofaa xarajatlari 68,4 mlrd dollar bölgan va u eng köp harbiy xarajatlarga ega davlatlar röyxatida 4-örinda bölgan. Öşa yili Rossiya 5-öringa joylaşgan.
Oradan bir yil ötgaç, 2022 yil bahorda Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi va mudofaa xarajatlarini keskin oşirdi. Öşa yili Rossiya 3-öringa çiqdi, Britaniya esa 68,5 mlrd dollar bilan 6-öringa tuşdi.

2023-yilda Britaniyaning harbiy xarajatlari miqdori 74,9 mlrd, 2024-yilda esa 81,8 mlrd dollarga yetdi. Joriy yilda ham bu davlat mudofaa xarajatlari uçun 81 mlrd dollar ajratgan.
6. Hindiston, 79 mlrd

Foto: yeniakit.com.tr
Söngi yillarda Hindiston va Xitoy, Hindiston hamda Pokiston örtasidagi keskinlik kuçaydi. Har ikki keskinlikka çegaradagi hudud davolari sabab bölmoqda.

2025 yil may oyida hatto Hindiston va Pokiston örtasida jiddiy qurolli mojaro yuzaga keldi. Bu mojaro 21-asrdagi eng yirik töqnaşuv hisoblanadi. Mojaroda har ikki tomon bir-biriga aviazarbalar yölladi.

Öşanda töqnaşuv tört kun davom etdi va ikki tomon sulh tuzişi ortidan tinçlikka erişildi.
2021-yilda Hindistonning harbiy xarajatlari 76,6 mlrd dollar bölgan va bu davlat umumiy röyxatda 3-öringa joylaşgan.

2022-yilda rasmiy Dehli mudofaa byudjetini 81,4 mlrd, 2023-yilda 83,6 mlrd, 2024-yilda 86,1 mlrd dollargaça oşirgan. 2025-yilda esa körsatkiç negadir 79 mlrd dollarga tuşgan. Biroq yakuniy hisobda bu miqdor ançaga oşişi mumkin.
7. Saudiya Arabistoni, 78 mlrd dollar

Foto: presstv.ir
Söngi yillarda mudofaa xarajatlarini keskin oşirib borayotgan davlatlarning yana biri Saudiya hisoblanadi. Bu davlat dunyoda sodir bölayotgan bironta qurolli mojaroga aralaşgan emas.

Şunçaki, neft savdosidan kelib turgan “pullar hidi tufayli uxlay olmayotgan” saudlar öz mudofaa qobiliyatlarini kuçaytirmoqda.
Masalan, bu davlat 2021-yilda harbiy xarajatlar uçun 55,6 mlrd dollar sarflagan va öşa yili umumiy röyxatda 8-öringa joylaşgan.
2022-yilda mudofaa byudjeti 75 mlrd dollarga oşirilgan va şu sababli Saudiya röyxatda 5-öringa kötarilgan. 2023-yilda miqdor 75,8 mlrd dollarga kötarilgan va 5-örinda qolgan.
2024-yilda Saudiyaning harbiy xarajatlari miqdori 80,3 mlrd dollarga yetgan. Biroq boşqalar köproq oşirgani uçun bu davlat umumiy röyxatda yana 7-öringa tuşgan.
2025-yilda Saudiya mudofaa byudjeti uçun 79 mlrd dollar ajratgan. Yil sarhisobida bu miqdor oşişi mumkin.
8. Yaponiya, 55 mlrd dollar

Foto: wsj.com
Yaqin-yaqingaça Yaponiya harbiy xarajatlar uçun juda kam mablağ ajratardi. Bunga sabab Ikkinçi jahon uruşidan söng AQŞ va uning ittifoqçilari Yaponiyaga muntazam armiya saqlaşni taqiqlab qöyişadi. Öşandan buyon bu davlatni AQŞ harbiylari qöriqlaydi. Yaponiyada Amerikaning bir neçta harbiy bazalari bor.
Biroq keyingi yillarda Yaponiya ham garçi heç bir davlat bilan harbiy nizoda bölmasa ham harbiy xarajatlar miqdorini muntazam oşirib kelmoqda. Masalan, 2021-yilda bu davlat mudofaa byudjeti uçun 54,1 mlrd dollar ajratadi.

2022-yilda bu miqdor 46 mlrd dollargaça kamaytiriladi. 2023-yilga ötib mudofaa byudjeti 50 mlrd dollargaça oşiriladi. 2024-yilda Yaponiya harbiy xarajatlar uçun 55,3 mlrd dollar ajratadi. 2025-yilda Yaponiya harbiy xarajatlar uçun 55 mlrd dollar sarflagan.
Yaponiya taşqi xavfni asosan Rossiya, Şimoliy Koreya va qisman Xitoy tomonidan sodir qilinişi mumkin deb hisoblaydi.
9. Ukraina, 54 mlrd

Foto: elcomercio.pe
2022 yil fevralda Rossiya bostirib kirmagança Ukraina harbiy xarajatlar böyiça umumiy röyxatning ança pastida joylaşgandi. Uruş boşlangandan söng mudofaa byudjeti keskin oşirildi.

Masalan, 2021-yilda Ukrainaning harbiy xarajatlari miqdori bor yöği 5,9 mlrd dollar bölgan va bu davlat umumiy röyxatda 36-öringa joylaşgandi.

2022-yilda Rossiya bostirib kirgaç Ukraina mudofaa byudjetini 44 mlrd dollargaça oşirdi va röyxatning 11-poğonasiga kötarildi.
2023-yilda Ukrainaning harbiy xarajatlari miqdori 64,8 mlrd dollargaça oşdi va umumiy röyxatda 8-öringa joylaşdi.
2024-yilda bu davlat öz mudofaa xarajatlari uçun 64,7 mlrd dollar işlatdi va röyxatdagi 8-örinni saqlab qoldi.
2025-yilda Ukraina mudofaa byudjeti uçun 54 mlrd dollar ajratgan. Yil sarhisobida bu miqdor 70 mlrd dollargaça oşişi mumkin.
10. Frantsiya, 47 mlrd dollar

Foto: alamy.com
Boşqa Ğarb davlatlari kabi Frantsiya ham 2022 yil fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan söng harbiy xarajatlarini bir oz oşirdi.

2021-yilda Frantsiyaning mudofaa byudjeti 56,6 mlrd dollar bölgan va bu davlat umumiy röyxatda 6-örinda bölgan.

2022-yilda frantsuzlar harbiy xarajatlar uçun 53,6 mlrd dollar ajratişadi va röyxatning 8-poğonasiga tuşadi.

2023-yilda Frantsiya harbiy xarajatlarni 61,3 mlrd dollarga, 2024-yilda esa 64,7 mlrd dollargaça oşirdi. Har ikki yilda ham u röyxatda 9-örinda joylaşdi.

Joriy yilda Frantsiya mudofaa xarajatlari uçun 47 mlrd dollar ajratgan. Bu miqdor yil sarhisobida 60 mlrd dollargaça yetişi mumkin.
Umumiy röyxatda keyingi örinlarni Janubiy Koreya (2024-yilda 47,6 mlrd), Isroil (2024-yilda 46,5 mlrd), Polşa (2024-yilda 38 mlrd), Italiya (2024-yilda 38 mlrd) va Avstraliya (2024-yilda 33,8 mlrd dollar) egallagan.
Şuningdek, Kanada (2024-yilda 29,3 mlrd), Turkiya (2024-yilda 25 mlrd), Ispaniya (2024-yilda 24,6 mlrd), Niderlandiya (2024-yilda 23,2 mlrd) Jazoir (2024-yilda 21,8 mlrd) va Braziliya (2024-yilda 20,9 mlrd dollar) yuqori örinlarga joylaşgan.

Özbekistonning harbiy xarajatlari qança?
Global Firepower Index xalqaro taşkiloti reytingiga köra, 2024-yilda Özbekistonning harbiy xarajatlari miqdori 2,8 mlrd dollar bölgan. Bu körsatkiç bilan umumiy röyxatda 63-örinni egallagan.

Foto: uza.uz
Öşa yili Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-öringa çiqqan. 2-öringa mudofaa byudjeti 2 mlrd dollarni taşkil etgan Qozoğiston örin olgan. Qöşnilar umumiy röyxatda 72-örinni egallagan.
Markaziy Osiyoda 3-örinda Turkmaniston joylaşgan – harbiy xarajatlar miqdori 1,1 mlrd dollar. Undan söng 446 mln dollarlik xarajat bilan Tojikiston va 222 mln dollarlik harbiy byudjetga ega bölgan Qirğiziston joylaşgan.

Umumiy röyxatda Turkmaniston 86-örinda, Tojikiston 108-örinda, Qirğiziston 130-örinda joylaşgan.
G‘ayrat Yöldoş tayyorladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: