USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tolibon” özbek tiliga qarşi navbatdagi kampaniyani boşladi. Afğonistonlik özbeklar ğazabda

550 марта

“Tolibon” özbek tiliga qarşi navbatdagi kampaniyani boşladi. Afğonistonlik özbeklar ğazabda

2021 yilda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” Afğonistondagi millionlagan özbeklarini madaniy va tarixiy özligini yöq qiliş, ularni paştunlaştiriş siyosati fonida mamlakatning özbeklar eng köp yaşovçi şimolida joylaşgan Samangan universiteti peştoqidan özbek va fors tillaridagi yozuv olib taşlandi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar bermoqda.

Bu holat joriy yilning 2 yanvar kuni universitetga yangi rahbar tayinlanganidan söng amalga oşirilgan. Aytilişiça, “Tolibon” taxminan tört kun avval eski lavhani olib taşlab, fors va özbek tillarini çiqarib taşlagan holda qayta örnatgan.


Afğoniston davlat va siyosat arbobi, sobiq vitse-prezident, özbek aslli Marşal Abdulraşid Döstum Samangan universiteti lavhasidan özbek tilining olib taşlanişini “Tolibon”ning özbek tili va madaniyatiga qarşi oçiq duşmanlik harakati deb baholadi va heç bir kuç bu tilni mamlakatning madaniy va ijtimoiy tuzilişidan olib taşlay olmasligini aytdi. 

Faryob viloyatining sobiq hokimi Naqibullo Foiq esa bu holatni “qabilaçilikka asoslangan” deb baholab, bunday harakatlar mamlakatda etnik va tilga oid adovatni kuçaytirişini aytgan.
Samangan oliy talim muassasasining eski peştoqi haqida söz yuritar ekan, universitet öqituvçisi Muhibullo Muhib muassasa universitet maqomini olganidan söng, “Tolibon”ning Oliy talim vazirligi buyruği bilan lavha özgartirilganini yozgan. Uning takidlaşiça, vazirlikning rasmiy xatiga asosan, peştoqda özbek tilini kiritiş taklifi qabul qilinmagan. Avvalgi lavha tört tilda – puştu, fors, özbek va ingliz tillarida bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: