Rossiyada neft ombori portladi. Bir neçta aeroportlar vaqtinçalik yopildi
10-01-2026, 21:12
558 марта

Rossiyada neft ombori portladi. Bir neçta aeroportlar vaqtinçalik yopildi
Bugun, 10 yanvar kuni Rossiyaning Volgograd viloyatidagi neft ombori yonib ketdi. Yonğinga sabab Ukraina tomonidan uçirilgan dronlar ekanligi aytilmoqda. Aholini dron hujumidan himoya qiliş maqsadida qişloqdagi maktablarning birida vaqtinçalik boşpana taşkil etilgan. Bu haqda ”RIA Novosti” xabar berdi.Qayd etilişiça, 10 yanvarga ötar keçasi Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyaning bir neçta mintaqalariga dron hujumlarini uyuştirgan. Mahalliy amaldor Andrey Boçarovning sözlariga köra, Volgograd viloyatida dron qoldiqlari tuşib ketganidan keyin neft ombori yonib ketgan. Qurbonlar haqida dastlabki malumotlar yöq.
Aholini evakuatsiya qiliş zarur bölgan taqdirda, Oktyabrskiy qişloğidagi maktabda vaqtinçalik boşpana taşkil etilgan.
Dron hujumlaridan söng Rossiyadagi Volgograd, Gelenjik, Krasnodar va Çeboksari aeroportlarida kiriş va çiqiş reyslariga çeklovlar qöyilgan. Şuningdek, Moskvaning Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari ham 10 yanvarga ötar keçasi faoliyatini töxtatgan.
Rossiya Mudofaa vazirligiga köra, 10 yanvarga ötar keçasi Rossiya hududlari va bosib olingan Qrim ustida jami 59 ta uçuvçisiz uçiş apparati yöq qilingan.