Eron harbiylari jangovar tayyorgarlikni eng yuqori darajaga kötardi
11-01-2026, 16:28
250 марта

Eron harbiylari jangovar tayyorgarlikni eng yuqori darajaga kötardi
Mamlakatdagi barqarorlikka jiddiy tahdid solayotgan ommaviy xalq norozilik namoyişlari fonida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakatning kuç tuzilmalari jangovar şaylik darajasini maksimal holatga kötardi. Bu daraja hatto ötgan yil iyun oyida Isroil bilan bölgan uruş paytidagidan ham yuqori. Bu haqda “The Telegraph” gazetasi yuqori martabali eronlik manbaga tayanib xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, Oyatulloh harbiylar va politsiya safida xiyonat va dezertirlik bölişidan jiddiy xavotirda. Ulardan ayrimlari namoyişçilarga qarata öq uzişdan boş tortgani uçun allaqaçon hibsga olingan.
Eronning rahbari öz taqdirini töliq Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga işonib topşirgan. Aynan şu tuzilmaga qözğolon qamrab olgan köçalarni töliq nazoratga oliş buyruği berilgan.
Şuningdek, yer ostidagi “raketa şaharlari” ham töliq jangovar şay holatga keltirilgan, ularning kamida törttasi mavjud. Rasmiy ravişda bu qadam taşqi tahdidlarga qarşi çoralar bilan izohlanmoqda. Tehronda AQŞ Prezidenti Donald Trampning har qanday aralaşuvi ötgan yilgi Isroil bilan bölgan çeklangan mojarodan tubdan farq qiladigan “apokaliptik uruş”ni qözğatişi mumkin, degan xavotir mavjud.
9 yanvar kuni Eron harbiy kemalari Janubiy Afrika suvlarida Xitoy va Rossiya kemalariga qöşilib, Keyptaun sohillari yaqinida ötkazilişi rejalaştirilgan harbiy-dengiz maşğulotlarida iştirok eta boşladi. Aytiş joizki, uşbu manevrlar Pretoriya va Vaşington örtasidagi munosabatlarni yanada murakkablaştirişi mumkin.
Şunga qaramay, naşr manbalariga köra, Eron tuzumi hozir omon qoliş rejimida harakat qilmoqda. Xomanaiyng yaqin safdoşlari esa Oliy rahbar Moskvaga qoçib ketmoqçi degan miş-mişlarni rad etib, u Tehronda qolişini aytgan.
Malumot uçun, mamlakatda ommaviy namoyişlar 28 dekabrdan buyon davom etmoqda. Ular Tehrondagi markaziy bozorda boşlangan bölib, köplab dökon egalari giperinflyatsiya va narxlarning keskin oşişiga norozilik sifatida savdo şoxobçalarini yopgan.
29 dekabr kuni Eron milliy valyutasi – rial tarixiy minimum darajaga tuşdi: bir rial taxminan 0,00002 yevroga teng böldi. Jahon banki malumotiga köra, oktyabr oyida Eronda oziq-ovqat inflyatsiyasi 64,2 foizni taşkil etgan. Bu körsatkiç böyiça mamlakatni antireytingda faqat Janubiy Sudan ortda qoldirgan.
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengaşi tartibsizliklarni AQŞ va Isroil tomonidan uyuştirilgan, deya baholagan.