Eronliklarga tez orada çetdan yordam keladi – Rizo Pahlaviy
12-01-2026, 13:05
285 марта

Eronliklarga tez orada çetdan yordam keladi – Rizo Pahlaviy
Eronning sönggi şohi Muhammad Rizo Pahlaviyning öğli, muxolif Rizo Pahlaviy mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyişlari yangi bosqiçga ötayotganini aytib, eronliklarga ularning yolğiz emasligini va yaqin vaqt içida çetdan yordam kelişini malum qildi. Bu haqda u X platformasida elon qilingan videomurojaatidaaytib ötgan.Qayd etilişiça, Pahlaviy 11 yanvar kuni eronlik namoyişçilarga rejimning yolğon propagandasi va aloqa uzilişlari uçun masul bölgan barça muassasa va apparatlarni qonuniy nişon sifatida körişga çaqirgan. Hozirgi rejimga qarşi asosiy muxolif şaxslardan biri bölgan va surgunda yaşayotgan Pahlaviy xavfsizlik xodimlariga ham tezroq öz tomonini tanlaşi kerakligini aytgan.
“Men Islom Respublikasini ağdariş va aziz Eronimizni qaytarib oliş uçun milliy qözğolonning yangi bosqiçini elon qilaman. Eron içida, şaharlarning markaziy köçalarini egallab, ularni nazoratda uşlab turişdan taşqari, rejimning yolğon tarğiboti va aloqa vositalarini uzib qöyiş uçun masul bölgan barça muassasa va idoralar qonuniy nişonlar hisoblanadi. Davlat muassasalari xodimlari hamda qurolli va xavfsizlik kuçlari azolari oldida imkoniyat bor: xalq tomoniga ötib, millat bilan bir safda turiş yoki xalqqa qarşi qotillar bilan hamkorlikni tanlab, özlariga millatning abadiy uyati va lanatini sotib oliş”, degan u.