USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

SSSR “merosi”: Markaziy Osiyo uran çiqindilaridan tozalanadi

324 марта

SSSR “merosi”: Markaziy Osiyo uran çiqindilaridan tozalanadi

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston, şuningdek, xalqaro taşkilotlar bilan uran çiqindilari bor hududlarni 2030 yilgaça tozalaş böyiça hamkorlikni davom ettiriş maqsadida yangi strategik boş reja elon qildi. Bu haqda “World Nuclear News” xabar berdi. 

Markaziy Osiyo sobiq sovet ittifoqi davrida uran manbai bölgan va 50 yildan ortiq davomida qazib olingan, şuningdek, uran rudasi boşqa mamlakatlardan qayta işlaş uçun import qilingan. Oqibatda katta miqdordagi radioaktiv ifloslangan material qazib oliş aşyolari va oğir metall çiqindilar joylarida saqlanib qolgan. Köpçilik konlar 1995 yilgaça yopilgan, lekin konlarni yopişdan oldin yoki keyin deyarli heç qanday tozalaş işlari amalga oşirilmagan. Ifloslangan material atrof-muhit va aholining salomatligi uçun tahdid solişi mumkin.


Tahdidlar orasida mintaqadagi muhim qişloq xöjaligi markazlarida yerosti va yerusti suvlarining ifloslanişi ehtimoli mavjud. 

Qayd etilişiça, uran mavjud hududlar böyiça MAGATE koordinatsiya guruhi (CGULS) mamlakatlarga uşbu hududlarni va radioaktiv hamda zaharli çiqindilarni xavfsiz boşqariş böyiça yordam beradi. 2012 yildan buyon CGULS Markaziy Osiyo mamlakatlariga tozalaş strategiyalari böyiça amaliy yordam körsatib kelmoqda. 

2017 yilda MAGATE, Yevropa Komissiyasi, Yevropa qayta quriş va taraqqiyot banki (EBRD), Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Iqtisodiy kengaşi hamda Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston hukumatlari tomonidan Markaziy Osiyodagi uran “merosi”ga oid hududlarni ekologik tozalaş böyiça strategik boş reja qabul qilingan. Uşbu reja hududlarni xavfsiz va barqaror tozalaş strategiyasini hamda amaliy mexanizmlarni belgilaydi. 

2018 yil may oyida çop etilgan rejada Markaziy Osiyodagi yetti sobiq uran işlab çiqariş hududi eng ustuvor sifatida aniqlangan:

Qirğizistonda: Moylisuv, Ming-Quş, Şekaftar;
Tojikistonda: Degmay, Istiqlol;
Özbekistonda: Çorkesar, Yangiobod.
Yetti hududni tozalaşning umumiy qiymati taxminan 99 mln dollar deb baholangan. 2021 yilning sentyabrida qayta körib çiqilgan Strategik boş reja imzolangan. Sönggi Strategik boş reja 2025 yil oktyabr oyida Toşkentda taqdim etilgan va MAGATE, xalqaro taşkilotlar va hamkor mamlakatlarning kelajakdagi faoliyatini yönaltiradi. 
Yangi Strategik boş reja böyiça ERA tozalaş dasturining umumiy qiymati 125 million dollarga baholangan. bu summaga tozalaş xarajatlari, loyiha boşqaruv xizmatlari, ehtiyot çoralar va boşqa dastur xarajatlari kiradi. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: