AQŞ Eron yadroviy obektlariga zarba bermoqçi
13-01-2026, 19:31
94 марта

AQŞ Eron yadroviy obektlariga zarba bermoqçi
Erondagi tartibsizliklar kuçayib borayotgan bir paytda, Pentagon AQŞ prezidenti Donald Trampga “12 kunlik uruş” vaqtida berilgan zarbalardan-da kengroq qamrovdagi variantlarni taqdim etdi. Bu haqda “Israel Hayom” naşri “The New York Times”ga tayanib xabar berdi.Qayd etilişiça, Donald Tramp Eron masalasida ikki yönalişli strategiyani qöllamoqda: bir tomondan diplomatik yöllarni izlamoqda, ikkinçi tomondan namoyişçilarga qarşi keskin çoralarni töxtatiş maqsadida harbiy zarbalarni körib çiqmoqda. Pentagon vakillari Oq uyga Eronning yadro infratuzilmasi va ballistik raketa bazalarini nişonga oliş imkoniyatlarini taqdim etganini aytişgan.
Biroq manbaga köra, keng qamrovli hujumlarning böliş ehtimoli çeklangan javoblar, masalan kiberuruş yoki içki xavfsizlik organlariga nişonli zarbalarning amalga oşirilişiga nisbatan kamroq.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt havo zarbalari “köplab variantlardan biri” ekani, lekin diplomatiya doimo birinçi variant ekanini aytgan. U şuningdek, Tehrondan kelayotgan xabarlar jamoatçilikdagi bayonotlardan keskin farq qilişi mumkinligini bildirgan.
“Siz Erondan eşitayotgan gaplaringiz, mamuriyatga şaxsiy ravişda kelayotgan xabarlardan keskin farq qiladi. Prezident bu xabarlarni sinçiklab örganib çiqmoqda”, degan u.