“Tolibon” Qunduzda özbek jurnalistni hibsga oldi
13-01-2026, 23:50
482 марта

“Tolibon” Qunduzda özbek jurnalistni hibsga oldi
Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati özbek millatiga mansub bölgan, “Uranus TV” jurnalisti Nazira Raşidiyni hibsga oldi.Bildirilişiça, jurnalist bir haftadan beri “Tolibon” zindonida qöllari va oyoqlari zanjir bilan mahkamlangan va juda yomon şaroitda saqlanmoqda.
Raşidiy ikki nafar farzandning onasi, oilaning yagona boquvçisi hisoblanadi. Uning turmuş örtoği Aşraf Ğani boşçiligidagi sobiq respublika davrida harbiy bölgan va 2021 yilda “Tolibon” hukumatni egallaşi vaqtida guruh tomonidan öldirilgan.
“Toliblar öz nazoratidagi ommaviy axborot vositalari va hamkor taşkilotlar bilan birgalikda opamning jurnalistik faoliyatidan foydalanib, unga qarşi huquqiy va xavfli iş qurayotirlar. Ular avval uning obröyi va ijtimoiy maqomiga zarba berişga harakat qilişmoqda va keyingi çoralarni amalga oşiriş uçun zamin yaratmoqdalar”, deydi Hajira Raşidiy.Qolaversa, jurnalistning singlisi butun dunyodagi özbek va boşqa turkiy jamoalar, siyosatçilar, olimlar va tasir doirasi yuqori şaxslarni Nazira Raşidiyga ozodlik beriş va uning hayoti, obröyini himoya qiliş uçun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng kölamli kampaniya boşlaşga çaqirgan.
“Çunki ertaroq harakat qilmasak keç böladi. Şuningdek, biz Özbekiston Respublikasi Prezidentidan iltimos qilamizki, tezda çora körsin va Nazira Raşidiyning ozodligi, hayoti va obröyini himoya qilsin”, deydi u.