AQŞ 24 soat içida Eronga zarba beradi – “Reuters”
15-01-2026, 11:49
392 марта

AQŞ 24 soat içida Eronga zarba beradi – “Reuters”
AQŞ yaqin 24 soat içida Eronga zarba yöllaydi. Bu haqda keça, 14 yanvar kuni yevropalik rasmiylarga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.Naşr malumotiga köra, Eron qöşni davlatlarni ogohlantirib, agar AQŞ tomonidan hujum uyuştirilsa, ular öz hududida joylaşgan Amerika harbiy bazalariga zarba berişini malum qilgan. Şundan söng Vaşington Yaqin Şarqdagi bazalaridan harbiylarning bir qismini olib çiqiş haqida qaror qabul qilgan.
Xususan, Qatar hududidagi AQŞning Al-Udayd aviabazasidagi ayrim harbiylarga 14 yanvar keçga qadar bazani tark etiş böyiça körsatma berilgan. Agentlik suhbatdoşlaridan biri bu jarayon evakuatsiya emas, balki şunçaki qayta joylaştiriş ekanini takidlagan.
Al-Udayd aviabazasi AQŞning Yaqin Şarqdagi eng yirik harbiy bazasi hisoblanadi. U yerda taxminan 10 ming nafar amerikalik harbiy xizmatçi joylaşgan. 2025 yil 23 iyunda Tehron AQŞning Isfahon, Fordo va Natanzdagi Eron yadro obektlariga hujumiga javoban uşbu bazaga zarba bergan edi. Öşanda Tramp 14 ta raketadan 13 tasi urib tuşirilgani, yana bittasi xavf tuğdirmaganini aytgan. Qatar esa aviabaza yönalişida yetti raketa uçirilganini, ulardan biri baza hududiga kelib tuşganini bildirgan.
13 yanvar kuni Tramp eronlik namoyişçilarga murojaat qilib, ularni davlat muassasalarini egallaşga çaqirgan hamda “yordam allaqaçon yölda” ekanini aytgan. Jurnalistlar bilan suhbatda AQŞ Prezidenti bu sözlari bilan nimani nazarda tutganini aniqlaştirmagan, biroq amerikalik fuqarolarning Erondan evakuatsiya qiliş masalasi körib çiqilişi kerakligini bildirgan. “CBS News” telekanaliga bergan intervyusida esa Tramp Tehronga nisbatan özining yakuniy maqsadi ğalaba ekanini aytgan, lekin bu tuşunçani izohlab bermagan.
Naşrning isroillik rasmiyga tayanib xabar berişiça, 12 yanvar kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning xavfsizlik kabineti “Eron rejimining qulaşi yoki AQŞ aralaşuvi ehtimoli” haqida xabardor qilingan.
Eronda ommaviy norozilik namoyişlari 2025 yil dekabr oyining oxiridan beri davom etmoqda. Namoyişlar mamlakatdagi çuqur iqtisodiy inqiroz fonida boşlangan. Yil oxiriga kelib inflyatsiya darajasi 42,2 foizga yetgan, milliy valyuta – eron riali esa rekord darajada qadrsizlanib, 1 dollar uçun 1,42 million rialgaça tuşib ketgan.
Namoyişçilar hukumat va Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning istefosini talab qilmoqda. Norozilik aktsiyalari önlab şaharlarni qamrab olgan. Butun mamlakat böylab internet öçirilgani sababli qurbonlar haqidagi malumotlarni töplaş va tasdiqlaş qiyinlaşmoqda. Halok bölganlar namoyişçilar orasida, xavfsizlik kuçlari safida ham borligi aytilmoqda.