Qodirovning avariyaga uçragan öğli Moskvaga olib ketildi – OAV
17-01-2026, 10:23
628 марта

Qodirovning avariyaga uçragan öğli Moskvaga olib ketildi – OAV
Keça, 16 yanvar kuni Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning öğli Adam Qodirovning korteji Grozniy şahrida yöl-transport hodisasiga uçragani haqida xabar berilgandi. Avtoholakatdan söng Qodirovning öğli Rossiyaning Moskva şahridagi şifoxonaga olib ketildi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Fortanga” naşri xabar berdi.Naşr 16 yanvar kuni keçqurun Grozniydan uçib ketgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining An-148-100EM samolyotiga etibor qaratgan. Samolyot haqida malumot “Flightradar24”da paydo bölgan. An-148-100EM bemorlarni taşiş uçun işlatiladi.
Qayd etilişiça, Grozniy markazidagi sodir bölgani taxmin qilinayotgan avtohalokat joyida yöllar berkitilgan va Adam Qodirov dastlab olib ketilgan respublika şifoxonasi yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Şu bilan birga, 16 yanvar kuni keçqurun Ramzan Qodirovning şaxsiy Airbus samolyoti Çeçeniston poytaxtidan Moskvaga yöl olgan. “Flightradar24” malumotlariga köra, samolyot yarim tunda Grozniydan uçib ketgan.
OAVga sizdirilgan xabarlarga köra, 18 yoşli Adam Qodirov avtokortejda yölboşçi bölgan va juda yuqori tezlikda harakatlangan. Avariya vaqtida maşinalar bir-biriga urila boşlagan, oqibatda köplab odamlar jabrlangan.