Trampning tarif tahdidi fonida oltin va kumuş narxlari rekordni yangiladi
19-01-2026, 19:45
77 марта

Trampning tarif tahdidi fonida oltin va kumuş narxlari rekordni yangiladi
Bugun, 19 yanvar kuni Grenlandiya atrofidagi vaziyat tufayli “xavfsiz bandargoh” aktivlariga bölgan talabning oşişi natijasida oltin va kumuş narxlari yangi rekordlarni örnatdi.Treyderlar Grenlandiyaga davo qilayotgan AQŞ Prezidenti Donald Trampning bosimi kuçayişi AQŞ va Yevropa örtasida keng kölamli savdo uruşini keltirib çiqarişidan xavotirda.
17 yanvar kuni Tramp fevral oyidan boşlab Daniya va Grenlandiyani qöllab-quvvatlovçi bir qator Yevropa davlatlari uçun 10 foizlik boj joriy etişini elon qilgandi. 2026 yil 1 iyundan boşlab uşbu mamlakatlar uçun bojlar 25 foizga yetadi va Vaşington tomonidan Grenlandiyani töliq sotib oliş böyiça kelişuvga erişilmagunça amalda qoladi.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa davlatlari AQŞ bojlariga muvofiqlaştirilgan javob berişga tayyor ekanligini bildirdi. “Financial Times” gazetasi xabar berişiça, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AQŞ tovarlariga 93 milliard yevro miqdorida bojxona tölovlarini yoki Amerika kompaniyalari uçun bir qator çeklovlarni joriy etişni körib çiqmoqda.
Singapurdagi Saxo Markets boş investitsiya strategi Çaru Çanananing aytişiça, Grenlandiya bilan boğliq savdo keskinligi ötgan yilgi AQŞning keng kölamli bojlar kiritiş vaziyatidan farq qiladi.
“NATO içida tarif tahdidlaridan foydalaniş öziga xos işonçga zarba bölib, u aktivlar qiymatiga nisbatan barqaror xavf mukofotini keltirib çiqarişi mumkin”, deydi u.
Bugun, 19 yanvar kuni Toşkent vaqti bilan soat 12:30 ga kelib, oltinning spot narxi 1,6 foizga kötarilib, bir untsiya uçun 4670,47 AQŞ dollariga, kumuşniki esa 3,4 foizga oşib, bir untsiya uçun 93,1755 AQŞ dollariga yetdi. Savdo sessiyasi davomida oltin narxi bir untsiya uçun rekord darajadagi 4690,59 AQŞ dollarigaça, kumuş esa bir untsiya uçun 94,1213 AQŞ dollarigaça kötarildi.
“Geosiyosiy xatarlar tobora kuçayib bormoqda. Yangi savdo noaniqligi ösiş istiqbollarini xiralaştirmoqda, AQŞ taşqi siyosati esa dollarga bölgan işonçni zaiflaştirmoqda. Bu oltin va kumuş narxlarining oşişi uçun mukammal şaroitlar töplamidir”, deydi dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan savdo platformalaridan biri bölgan Capital.com Inc. tahliliçisi.