Turkiyada 25 ming kişi politsiya yoqqan naşadan mast bölib qoldi
2-05-2025, 15:16
122 марта

Turkiyada 25 ming kişi politsiya yoqqan naşadan mast bölib qoldi
Joriy yil 18 aprel kuni Turkiyaning şarqiy qismida joylaşgan Lije şahrida hukumat tomonidan musodara qilingan 20 tonna naşa yoqib yuborildi. Oqibatda taxminan 25 ming kişilik mazkur şaharça aholisi tutun tasirida özlari istamagan holda mast holatga tuşib qoldi. Mahalliy aholi orasida boş aylanişi, köngil aynişi va gallyutsinatsiya kabi soğliq bilan boğliq ommaviy muammolar yuzaga çiqdi. Bu haqda “Turkiye Today” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Lije tuman politsiya qömondonligi tomonidan amalga oşirilgan bu keng kölamli giyohvandlik vositalarini yöq qiliş amaliyoti oqibatida bir neça kun davomida şaharga qalin tutun tarqalgan. Yaşil yulduz assotsiatsiyasi (giyohvandlikka qarşi kuraşuvçi nodavlat taşkilot) rahbari Yahyo Öjer bu holatni “passiv çekadiganlarga tamaki tutuni qanday zarar yetkazsa, giyohvand moddalar tutuni ham şunday zararli tasir körsatadi”, deb izohlagan.
Amaliyotdan beş kun ötgandan keyin ham mahalliy aholi tutunning salbiy oqibatlaridan şikoyat qilgan.
“Derazalarimizni oçolmaymiz. Bolalarimiz kasallanmoqda, doimiy ravişda şifoxonaga borib kelamiz. Bu muammo har yili takrorlanadi,” deydi bir fuqaro.