USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ozarbayjonda qon bilan yozilgan mustaqillik kuraşiga 36 yil töldi (fotoreportaj)

302 марта

Ozarbayjonda qon bilan yozilgan mustaqillik kuraşiga 36 yil töldi (fotoreportaj)

Ozarbayjon tarixida “Qonli yanvar” fojiasi nomi bilan kirgan 1990 yil 20 yanvar voqealariga 36 yil töldi. Uşbu dahşatli hodisalar Ozarbayjon xalqiga qarşi olib borilgan tizimli bosim va repressiya siyosatining yaqqol namunasi sifatida körilib, milliy irodani sindiriş va jamiyatda qörquv muhitini şakllantirişni közlagan siyosat sifatida qabul qilinadi. Mamlakatning “Azertac” naşri uşbu kun munosabati bilan tahliliy maqola elon qildi. 

Xöş, aslida nima bölgan edi?  
XX asr davomida Ozarbayjon xalqi bir neça bor 20 yanvardagi kabi tazyiq va taqiblarga duç kelgan. 20 yanvar fojiasi, şuningdek, Qoraboğda separatizmning suniy ravişda avj oldirilişi, ozarbayjonliklarga qarşi ommaviy qirğinlar uyuştirilişi va ularning Armaniston hududidagi ota-bobolar yurtlaridan quvğun qilinişi uşbu siyosatning izçil va maqsadli tarzda amalga oşirilganini yaqqol körsatadi.

 
20 yanvar fojiasi Ozarbayjon xalqining xotirasida çuqur qayğu bilan birga milliy ğurur ramzi sifatida muhrlanib qolgan. Qonli yanvar voqealari xalqning mustaqillik yölidagi qatiy va qaytmas irodasini namoyon etadi. Marhumlarning muqaddas qoni bilan yozilgan bu sahifa Ozarbayjon xalqining ozodlik va istiqlol kuraşining timsoliga aylandi.
SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining Boş kotibi Mixail Gorbaçyov körsatmasiga binoan, sobiq SSSR mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qömitasi va içki işlar vazirligining harbiy bölinmalari 1990 yil 19 yanvardan 20 yanvarga ötar keçasi Baku şahri va Ozarbayjonning bir qator hududlariga kiritildi. Tinç aholiga qarşi amalga oşirilgan qurolli hujum oqibatida yuzlab begunoh insonlar halok böldi va jarohatlandi. Bu holat totalitar sovet rejimining jinoyatkor mohiyatini xalqaro jamoatçilikka yana bir bor namoyiş etdi. Sovet qöşinlarining Bakuga kirib borişi mislsiz şafqatsizlik va vahşiylik bilan keçdi. Hatto favqulodda holat elon qilinişidan oldin 82 nafar tinç aholi vakili öldirilgan, 20 kişi oğir tan jarohati olgan edi. Bu voqealar rejimi xalqning ozodlik va mustaqillik yölidagi irodasiga nisbatan heç qanday insoniy qadriyatni tan olmaganini oçiq körsatdi.

Öşa keçasi SSSR rahbariyatining körsatmasi bilan Ozarbayjon xalqiga nafrat ruhida yöğrilgan 65 ming kişilik qöşin bölinmalari, jumladan, asosan arman millatiga mansub askar va zobitlar heç qanday ogohlantirişsiz şaharga beş yönalişdan bostirib kirdi. Tanklar va zirhli texnikalar yöllarida uçragan avtomobillarni, odamlarni bosib ötar, farqsiz ravişda har kimga qarata öq uzardi. 20 yanvar va undan keyingi bir neça kun içida Baku, Neftçala va Lenkaran şaharlarida 147 kişi halok böldi, 744 kişi yaralandi hamda 800 dan ortiq odam hibsga olindi.
“Odamlarga yaqin masofadan, alohida şafqatsizlik bilan öq uzilgan. Masalan, Y.Meyeroviçga 21 marta, D.Xanmammadovga 10 martadan ortiq, R.Rustamovga 23 marta öq tekkan. Şifoxonalar, tez yordam maşinalari öqqa tutilgan, şifokorlar öldirilgan, odamlar sançqi-piçoqlar bilan qatl etilgan. Ular orasida ikki közi kör bölgan B.Efimtsev ham bor edi. Oğirlik markazi özgartirilgan, 5,45 kalibrli Kalaşnikov öqlari qöllanilgan”, deya qayd etilgan fojianing kölami haqida xalqaro huquqni himoya qiluvçi “Şit” taşkiloti ekspertlari hisobotida.

Bugun uşbu dahşatli fojianing minglab tirik guvohlari bor. Imperiya qöşinlarining Ozarbayjonda sodir etgan harbiy jinoyatlarining ayançli oqibatlari va xalqning sinmas irodasini aks ettiruvçi eng muhim dalillardan biri fotosuratlardir. Qonli Baku keçasi köçalarda qolib ketgan begunoh insonlarning jasadlari, marhumlarning dafn marosimidagi ulkan izdihom va boşqa manzaralarni aks ettirgan suratlar öşa davr azob-uqubatlarini yana bir bor köz öngimizga keltiradi. 20 yanvar Ozarbayjon tarixida ham fojia, ham qahramonlik namunasi sifatida abadiy qoladi. Şahidlarning dafn marosimidagi izdihom xalqning çeksiz qayğusini ifodalaş bilan birga, uning milliy birdamligi va ozodlik yölidagi birlaşiş qudratini ham namoyon etadi. Öşa davrda olingan suratlar bugun ham ana şu faxrli lahzalarni yaşatib kelmoqda.


Yillar ötişi bilan “Qonli yanvar” voqealariga munosabat ham özgardi. Avvaliga ozarbayjonliklar faqat yiğlab-siqtab şahidlar qabriga çinnigullar qöyiş bilan taskin topgan bölsa, bugun ularning qalblarida çeksiz faxr va iftixor tuyğusi ham jöş urmoqda. Öşa qonli kunlar Ozarbayjon xalqining tarixida ham fojia, ham qahramonlik va mardlik sahifasi sifatida bitildi. Bu hodisa Ozarbayjon milliy özligining şakllanişiga hal qiluvçi tasir körsatdi, davlat mustaqilligining tiklanişida buriliş nuqtasi sifatida baholandi.

20 yanvar fojiasidan söng Ozarbayjon töliq axborot blokadasiga olindi. Uşbu blokadani öşa paytda Moskvada yaşagan mamlakat umummilliy yetakçisi Haydar Aliyev yorib ötdi. Fojianing ertasiga – 21 yanvar kuni u oila azolari bilan birga Ozarbayjonning Moskvadagi doimiy vakolatxonasiga borib, xalq bilan birdamligini namoyon etdi va SSSR rahbariyatining bu qonli amaliyotiga keskin norozilik bildirdi. U sodir bölgan voqealarning huquq, demokratiya va insonparvarlikka zid ekanini takidlab, uşbu jinoyatga qarşi butun dunyoga ovozini kötardi. Aynan şu bayonot tufayli xalqaro hamjamiyat SSSR rahbariyatining Ozarbayjon xalqiga qarşi amalga oşirgan davlat terroridan xabardor böldi.

1990 yil 20 noyabrda Naxçivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida Haydar Aliyev 20 yanvar fojiasini Ozarbayjon xalqining suveren huquqlariga tajovuz sifatida baholab şunday degan edi:
“19-20 yanvar voqealari Sovet Ittifoqi siyosiy rahbariyatining, şaxsan Gorbaçyovning oğir aybi oqibatidir. Bu bir tomondan uning diktatorlikka moyilligi, ikkinçi tomondan esa Ozarbayjon rahbarlarining xalqqa xiyonati va jinoyatidir. Bu Ozarbayjon xalqiga qarşi qaratilgan harbiy tajovuz, haqorat va jinoyatdir”.
21 noyabr kuni esa Naxçivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi 20 yanvar fojiasiga ilk bor siyosiy-huquqiy baho bergan hujjatni qabul qildi. Bu qaror xalq irodasining ifodasi va Haydar Aliyev qatiyatining tarixiy namunasiga aylandi.

Qonli voqealardan söng Bakudagi Şahidlar xiyoboni xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. Poytaxtning baland nuqtasida joylaşgan uşbu maskan umumxalq qayğusi bilan birga, xalqning mardligi va yengilmas irodasining ramzidir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: