Ozarbayjon Maslahat uçraşuvlariga töla huquqli azo böladi
16-11-2025, 13:04
134 марта

Ozarbayjon Maslahat uçraşuvlariga töla huquqli azo böladi
Ozarbayjon Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari formatiga töla huquqli azo sifatida qabul qilinadi. Bu haqda bugun, 16 noyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent sammitida malum qildi.Prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvida nutq sözlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uçraşuvlari formatiga töla huquqli azo sifatida qabul qiliş töğrisida iştirokçi mamlakatlar yetakçilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini elon qildi.
Davlat rahbarining takidlaşiça, uşbu strategik qadam umumiy tarix, qardoşlik riştalari, manaviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy boğlangan xalqlar manfaatlariga töliq javob beradi.