USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ozarbayjonda Qoraboğ uruşidagi ğalabaga bağişlangan harbiy parad bölib ötdi (fotoreportaj)

169 марта

Ozarbayjonda Qoraboğ uruşidagi ğalabaga bağişlangan harbiy parad bölib ötdi (fotoreportaj)

8 noyabr kuni Bakudagi Ozodlik maydonida Ozarbayjonning Vatan uruşidagi ğalabaning beş yilligiga bağişlangan harbiy parad bölib ötdi. Bu haqda AZERTAC xabar berdi.

Paradda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, birinçi xonim Mehribon Aliyeva, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif iştirok etdi.


Paradda dastlab Ozarbayjon, Turkiya va Pokiston davlat madhiyalari yangradi. Şundan söng, Milliy lider Haydar Aliyev va şahidlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi. Mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Hasanov Ozarbayjon Prezidenti, Qurolli kuçlar Oliy Boş Qömondoni Ilhom Aliyevga hisobot berdi.


Maydon böylab Ozarbayjon armiyasining barça bölinmalaridan kolonnalar ötdi, zamonaviy tanklar, zirhli texnikalar, uzoq masofaga uçuvçi raketa tizimlari, artilleriya qurollari ham namoyiş etildi. Paradda Pokiston Qurolli kuçlari bölinmalari va Turkiya Prezidenti gvardiyasi tantanali polki bataloni ham iştirok etdi.



“Aziz birodarim Erdöğan Ikkinçi Qoraboğ uruşining dastlabki soatlaridanoq Ozarbayjonni qöllab-quvvatladi. Uning “Ozarbayjon yolğiz emas” degan sözlari butun dunyoga xabar böldi. Ozarbayjon xalqi bu yordamni heç qaçon unutmaydi”, dedi Aliyev öz nutqida.

Uning sözlariga köra, Ozarbayjon ğalaba qozonişga muvaffaq böldi, çunki “mamlakat öz yerlarini qaytarib oliş uçun öttiz yil davomida mehnat qilib, kuçli iqtisodiyot, mustaqil taşqi siyosat va zamonaviy armiya yaratdi”.

“Biz Qoraboğ va Şarqiy Zangezurga ularning haqiqiy egalari sifatida qaytdik. Bu yerda Ozarbayjon bayroği abadiy hilpiraydi. Qoraboğ Ozarbayjon”, dedi Aliyev.




U uruşdan vayron bölgan hududlarni tiklaş jadallik bilan davom etayotgani, mintaqada 60 ming kişi istiqomat qilayotganini takidladi.
Parad yakunida Ozarbayjonning dronlari va Turkiya harbiy-havo kuçlarining F-16 qiruvçi samolyotlari şahar uzra parvoz qildi.

Uşbu parad Ozarbayjonda mamlakat Ğalaba kunining beş yilligi munosabati bilan ötkazildi, bu milliy bayram – bosib olingan hududlarning salmoqli qismi ozod qilingani va 44 kunlik Ikkinçi Qoraboğ uruşidagi ğalabaga bağişlangan.
1991 yildan beri Toğli Qoraboğ muxtor viloyati çegaralarida taşkil etilgan özini özi elon qilgan Toğli Qoraboğ Respublikasi Yerevan kömagida Armaniston mamuriyati tomonidan boşqarilgan. Mintaqaning ananaviy ozarbayjon tumanlari Armaniston harbiy kuçlari tomonidan bosib olingan. Bu yillar davomida Baku Toğli Qoraboğning butun hududini, şuningdek, unga tutaş yetti tumanni qaytarib oliş maqsadini közlagan. Bunga faqat 2020 yilda erişildi: yetti tuman va Qoraboğning bir qismi Ozarbayjonga qaytarildi. 2023 yilning sentyabr oyi oxiriga kelib Baku amalda butun bahsli hududni nazorat ostiga oldi.
2020 yil 3 dekabrda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjonda 27 sentyabrni Xotira kuni deb belgilaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Ozarbayjon rahbarining boşqa farmoyişiga köra, Şuşa şahri işğoldan ozod qilingan kun – 8 noyabr Ozarbayjonda Ğalaba kuni sifatida tantanali ravişda nişonlanadi.
Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi köp yillik şiddatli mojaro va özaro nafrat ritorikasiga qaramay, 2025 yilning avgust oyida ikki tomon Oq uyda AQŞ Prezidenti Donald Tramp vositaçiligida Tinç munosabatlar deklaratsiyasini imzolaş orqali munosabatlarni normallaştirişga sodiqligini namoyiş etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: