Imomali Rahmon ham Tojikistonda harbiy parad ötkazdi
8-05-2025, 17:44
132 марта
Bugun, 8 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Duşanbe şahridagi Ğalaba boğida 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan harbiy paradda iştirok etdi va nutq sözladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, tadbir ötkaziladigan joyda davlat rahbari Imomali Rahmonni öğli, Duşanbe şahri hokimi Rustam Imomali va Tojikiston Mudofaa vaziri Imomali Sobirzoda kutib olgan.
Tantanali marosimda Tojikiston Milliy Majlisi Raisi va Vakillar palatasi raisi, Tojikiston Respublikasi hukumati azolari, hokimiyat tuzilmalari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, Rossiyaning 201-harbiy bazasi hamda Tojikistondagi harbiylar va mehnatkaşlar iştirok etgan.
Uşbu paradda sözga çiqqan davlat rahbari Ikkinçi jahon uruşi yillarida tojik ofitser va askarlarining jasorati, matonati va fidoyiligini alohida qayd etgan.
Malumot uçun, uruş yillarida Tojikistonning bir yarim million aholisidan 300 mingdan ortiği jang maydoniga safarbar etilgan bölib, bu mamlakat mehnatga layoqatli aholisining 50 foizini taşkil qiladi. Ulardan 100 mingdan ortiği janglarda halok bölgan, 40 mingdan ortiği bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritilgan, yana 60 ming nafari uruşdan nogiron bölib qaytgan.
Ikkinçi jahon uruşidagi jasorat va qahramonliklari uçun 58 ming nafar tojikistonlik ofitser va askarlar orden va medallar bilan taqdirlangan, ulardan 55 nafari jasorati uçun “Sovet Ittifoqi Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlangan.