USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning Suriyadan ketişi: 10 yillik missiya yakunlanadimi?

205 марта

AQŞning Suriyadan ketişi: 10 yillik missiya yakunlanadimi?

Manba: AFP
AQŞ Suriyadagi qöşinlarini töliq olib çiqib ketiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Bu masala Suriya hukumati mamlakatning şimoli-şarqiy hududlarini kurdlar boşçiligidagi Suriya demokratik kuçlari (SDF)dan olayotgani fonida körib çiqilmoqda. AQŞ SDF kuçlarini qöllab-quvvatlab kelgan. Amerika qöşinlarning ketişi Barak Obama prezidentligi davrida boşlangan AQŞning Suriyadagi ön yillik operatsiyasiga çek qöyadi.
AQŞ qöşinlarni qisqartiriş masalasini avval ham körib çiqqan. 2018 yil dekabr oyida prezident Tramp tösatdan 2000 ga yaqin AQŞ qöşinlari töliq olib çiqilişini elon qilgan. Bu esa öşa paytdagi AQŞ mudofaa vaziri Jim Mettisning istefosiga olib kelgan. Öşa paytdagi Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Jon Bolton va boşqa yuqori martabali yordamçilar Suriyada çeklangan miqdorda qöşin qoldirişga erişgan.
  • Suriyada 1000 ga yaqin amerikalik harbiylar bor
Foto: AP Photo
Ularning aksariyati şimoli-şarqiy hududlardagi obektlarda SDF bilan birgalikda joylaşgan. Qöşinlarning bir qismi Suriya janubidagi Al-Tanf garnizonida xizmat qilmoqda. Harbiylarning asosiy vazifasi IŞIDning qayta tiklanişiga yöl qöymaslikdan iborat. Ular şu sababli SDF bilan patrullik va operatsiyalar ötkazib keladi.

2019-yilda AQŞga IŞID xalifaligini mağlub etişga yordam bergan SDF kuçlariIŞIDning 9 mingga yaqin mahbusini qöriqlaş uçun masul edi. Ammo Suriya hukumati va SDF örtasidagi kelişuvga köra, jangarilar saqlanayotgan qamoqxona va lagerlar Suriya hukumati nazoratiga ötadi. AQŞ bu qamoqxonalarda saqlanayotgan 7 ming nafar IŞID azosini Iroqqa köçirişni boşladi.
SDFning Suriya Qurolli kuçlariga mağlub bölişi Pentagonda AQŞ harbiy missiyasining ahamiyatini şubha ostiga qöygan, deydi amerikalik uç rasmiy,

​Suriya kuçlari SDF boşqaruvida bölgan harbiy baza, neft obektlari va Frot daryosidagi töğonni nazoratiga oldi. Erişilgan sulh doirasida SDF Raqqa va Dayr az-Zor şaharlarini topşirdi. Ahmad aş-Şaraa hukumati şimoli-şarqdagi muhim çegara ötiş joylari va neft infratuzilmasini nazoratiga oldi.
Suriya hukumatining muvaffaqqiyat qozonişiga bir vaqtlar SDFga sodiq bölgan va köpçilikni taşkil etgan arab qabilalari kuçlarining hukumatni qöllab-quvvatlaşi sabab böldi, deyiladi xabarda.

  • Amerika harbiylarining Suriyani tark etişi sabablari
SDF hali ham Kobani va Hasaka şaharlarini nazorat qiladi, u yerda köplab kurdlar yaşaydi. Agar SDF töliq tarqatib yuborilsa, AQŞ rasmiylari öz harbiylarning Suriyada qolişiga heç qanday sabab körmayapti. Buning sabablaridan biri Suriya hukumati bilan işlaşning qiyinçiliklaridir.
Foto: Reuters
AQŞ qöşinlarini Suriyadan olib çiqiş böyiça ehtimoliy qarorga tasir qilayotgan yana bir masala — şimoli-şarqiy Suriyada saqlanayotgan minglab IŞID mahbuslarining taqdiri. AQŞ rasmiysidan birining aytişiça, 21 yanvar kuni Vaşington 9 ming nafar mahbusdan 7 mingini Iroqqa köçirişni boşlagan. Bunga Suriya hukumat kuçlari mazkur obektlar ustidan nazoratni qölga olar ekan, sobiq jangarilar va ularning oila azolari qoçib ketişi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bölgan.

Rasmiy malumotga köra, ötgan hafta Suriya şimoli-şarqidagi Şaddadi qamoqxonasidan 200 nafar mahbus qoçib ketgan, bunga SDF kuçlarining öz pozitsiyalarini tark etişi sabab bölgan. Biroq keyinçalik Ahmad aş-Şaraʻa kuçlari obekt ustidan nazoratni qölga olar ekan, qoçganlar yana qölga olingan.

Oçiğini aytganda, sönggi bir yil içida AQŞ kuçlarining Suriyadagi mavjudligini uşlab turgan asosiy narsa — qamoqxonalar va lagerlar. Biz AQŞ qöşinlarining Suriyadagi mavjudligi qançalik barqaror ekanini özimizdan söraşimiz kerak, dedi Yaqin Şarq institutining Suriya dasturi direktori Çarlz Lister.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: