AQŞ immigratsiya xodimi 37 yoşli erkakni otib öldirdi
25-01-2026, 09:46
321 марта

AQŞ immigratsiya xodimi 37 yoşli erkakni otib öldirdi
AQŞ Içki xavfsizlik vazirligiga köra, erkak politsiyaçilarga töpponça bilan yaqinlaşgan. Natijada federal xodim “özini himoya qiliş” maqsadida unga öq uzgan. Hodisa deportatsiya böyiça operatsiya vaqtida yuz bergan. Dastlab federal xodimlar erkakni qurolsizlantirişga uringan, biroq u “kuç bilan qarşilik körsatgan”.
“Şundan söng politsiyaçi öz hayoti, şuningdek, boşqa politsiyaçilarning hayoti va xavfsizligidan qörqib öt oçgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Vazirlik erkakka tegişli ekani taxmin qilinayotgan 9 mm kalibrli yarim avtomatik töpponça tasvirlangan suratni ham elon qildi. Hodisa amaldagi yaşaş ruxsatnomasiga ega bölmagan, tan jarohati yetkaziş bilan boğliq iş böyiça qidiruvda bölgan “migrantni qölga oliş çoğida” yuz bergan.
Minnesota gubernatori federal ofitserlarni ştatdan olib çiqişni talab qildi
Minnesota ştati gubernatori Tim Uolts federal xodimlar tomonidan sodir etilgan otişmani qoraladi. “Bu jirkanç holat”, deb yozdi u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida. Şuningdek, gubernator AQŞ prezidenti Donald Trampdan xorijlik fuqarolarni deportatsiya qilişda federal politsiyadan foydalanişni töxtatişni talab qildi.
“Minnesotadan minglab şafqatsiz, tayyorgarlikka ega bölmagan politsiyaçilarni olib taşlang. Zudlik bilan”, dedi u.
Minneapolis politsiyasi boşliği Brayan ÖXaraning malum qilişiça, halok bölgan şaxs 37 yoşli AQŞ fuqarosi ekani taxmin qilinmoqda. Otişmadan söng voqea joyida ğazablangan olomon töplanib, federal ofitserlarni “qörqoqlar” deb haqorat qilib, şaharni tark etişni talab qilgan.