Rossiya Xitoyga oltin eksportini 800 foizga oşirdi
25-01-2026, 21:42
179 марта

Rossiya Xitoyga oltin eksportini 800 foizga oşirdi
Yakunlangan 2025 yilda Xitoy Rossiyadan oltin importini 800 foizga oşirib, 25,3 tonnaga yetkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi Xitoy bojxona xizmati malumotiga tayanib xabar berdi.Agentlik xabariga köra, ötgan yil yakunlari böyiça Rossiya Xitoyga oltin yetkazib beruvçilar orasida yettinçi örinni egallagan. Pekinning bu boradagi asosiy taminotçisi Şveytsariya bölib, u Xitoyga 25,73 milliard dollarlik oltin sotgan. Keyingi poğonalarni Kanada (11,06 mlrd), JAR (9,42 mlrd), Avstraliya (8,77 mlrd) va Qirğiziston (4,95 mlrd) band etgan.
Xitoy oltin bozorining eng yirik xaridori hisoblanadi. U savdo uruşlari va global beqarorlik fonida uşbu qimmatbaho metall importini keskin oşirgan. Frantsiyada joylaşgan Societe Generale moliya instituti hisob-kitoblariga köra, 2025 yilda mamlakat jami hisobda 250 tonna oltin sotib olgan. Bu butun dunyo markaziy banklari tomonidan amalga oşirilgan barça xaridlarining uçdan bir qismidan ham köpdir.
“Texnologii doveriya” konsalting kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, Rossiyada 2025 yilda oltin qazib oliş 4,5 foizga oşib, 345 tonnaga yetgan. 2024 yilda esa bu körsatkiç 330 tonnani taşkil qilgan.

Rossiya Moliya vazirligi malumotlariga köra, 2022-2025 yillar davomida Milliy farovonlik jamğarmasidagi oltin hajmi 71 foizga kamaygan. Bunga mablağlarning “byudjetdagi teşiklarni yamaş” uçun foydalanilgani, boşqaça aytganda, muttasil oşib borayotgan harbiy xarajatlar sabab bölgan.