USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniyada işsizlik darajasi rekord darajaga yetdi

181 марта

Germaniyada işsizlik darajasi rekord darajaga yetdi 

Germaniyada işsizlik darajasi tarixiy eng yuqori körsatkiçga yetdi. Bu haqda keça, 30 yanvar kuni Germaniya Federal bandlik agentligi öz rasmiy saytida malum qildi.

Malum qilinişiça, 2026 yilning yanvar oyida Germaniyada işsizlar soni 3 million kişidan oşgan. Bu körsatkiç 2025 yil dekabriga nisbatan 177 ming kişiga köp.

Agentlik raisi Andrea Nalesning aytişiça, yil boşida mavsumiy sabablar tufayli işsizlik darajasi sezilarli darajada oşgan va yana 3 million çegarasidan yuqoriga çiqqan. U 2026 yil boşida Germaniya mehnat bozori past faollik bilan tavsiflanayotgani, işsizlikning keskin ösişi asosan mavsumiy omillar bilan boğliq ekanini tuşuntirgan. Şuningdek, iş qidirayotgan barça odamlar uçun vaziyat hanuz murakkabligiça qolayotganini takidlagan.
Agentlik malumotlariga köra, bandlik xizmatlarida röyxatdan ötgan böş iş örinlari soni 598 mingtagaça kamaygan. Bu 2025 yilning şu davriga nisbatan 34 mingtaga kam. Işsizlik darajasi dekabr oyiga qaraganda 0,4 foiz punktga oşib, 6,6 foizga yetgan. Mutaxassislar ayniqsa yoşlarga etibor qaratgan: 2026 yil yanvar oyida taxminan 41 ming nafar universitet va kollej talabalari amaliyot va iş topa olmagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: