AQŞda federal hukumat faoliyati qisman töxtatildi
1-02-2026, 16:39
72 марта

AQŞda federal hukumat faoliyati qisman töxtatildi
Qöşma Ştatlarda keça, 31 yanvar tongidan boşlab federal hukumatning ayrim tuzilmalari faoliyati qisman töxtab qoldi. Bunga sabab bir qator idoralar uçun moliyalaştiriş tasdiqlanmagani. Uşbu holat AQŞ Kongressi Senati bir kun avval moliyaviy yil oxirigaça bölgan xarajatlar böyiça qonun loyihalari paketini maqullaganiga qaramay yuz bergan. Bu haqda Amerika OAV xabar berdi.Xabarlarga köra, Senat tomonidan tasdiqlangan hujjatlar hozirça AQŞ Kongressining Vakillar palatasi tomonidan körib çiqilmagan. Quyi palata hozir tanaffusda bölib, uning yiğilişi ertaga, 2 fevralga belgilangan. Şu vaqtgaça federal tuzilmalarning bir qismi moliyalaştirilmasdan qolmoqda.
Qayd etilişiça, AQŞ Içki xavfsizlik vazirligini moliyalaştiriş masalasi bahsli bölib qolmoqda. Mazkur vazirlik tasarrufida immigratsiya va çegara xizmatlari faoliyat yuritadi. Aynan şu yönaliş böyiça kelişuvga erişilmagani qisman “şatdaun”ning asosiy sababi bölgan.
Mutaxassislar bahosiga köra, işlarning töxtaşi qisqa muddatli bölişi mumkin. Agar Vakillar palatasi qonun loyihalari paketini maqullab, Prezident uni imzolasa, federal idoralarni moliyalaştiriş yaqin kunlarda qayta tiklanişi mumkin.