Xomanaiy AQŞga tahdid qildi
2-02-2026, 12:22
601 марта

Xomanaiy AQŞga tahdid qildi
Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy AQŞ tomonidan Eronga hujum qilinadigan bölsa, uruş mintaqaviy tus olişi haqida ogohlantirdi. U bu haqda keça, 1 fevral kuni Tehrondagi qarorgohidan xalqqa murojaat qilib, Islom inqilobining 47 yilligi munosabati bilan sözlagan nutqida aytdi.Xomanaiyning sözlariga köra, amerikaliklar şuni bilib qöyişi kerakki, agar ular uruş boşlasalar, bu safar mojaro faqat ikki davlat bilan çeklanib qolmaydi, balki butun mintaqaga yoyiladi.
U AQŞ mamuriyati tomonidan vaqti-vaqti bilan yangraydigan uruş haqidagi bayonotlar, harbiy samolyotlar va kemalar tilga olinişi yangi holat emasligini takidlagan. Xomanaiyning aytişiça, ilgari ham amerikaliklar bir neça bor tahdid qilgan, “barça variantlar stol ustida”, jumladan harbiy yöl ham borligini aytişgan.
Şu bilan birga, u Eron uruş boşlaş tarafdori emasligini va heç bir davlatga hujum qiliş niyati yöqligini aytgan. Ammo agar kimdir Eronga hujum qilib, zarar yetkazsa, Eron xalqi bunga juda qattiq javob berişini takidlagan.
Xomanaiy mamlakatda bölib ötgan köça namoyişlari voqealarini davlat töntarişiga urinişga öxşatgan. Uning sözlariga köra, yuz bergan tartibsizliklar töntarişga öxşaş bölgan va u barbod etilgan. U bu harakatlarning maqsadi mamlakatni boşqaruvçi muhim va tasirli markazlarni yöq qiliş bölganini aytgan.