Xitoy AQŞga keskin norozilik bildirdi
2-02-2026, 21:23
69 марта

Xitoy AQŞga keskin norozilik bildirdi
Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili Lin Tszyan AQŞda Xitoy kompaniyalari xodimlarining asossiz hibsga olinişi va söroq qilinişiga qarşi keskin norozilik bildirdi. Bu haqda u bugun, 2 fevral kuni ötkazilgan mautbuot anjumanida söz oçdi.Diplomatning sözlariga köra, AQŞ huquqni muhofaza qiliş idoralari yaqinda Xitoy kompaniyalari xodimlarini uzoq va asossiz söroq qiliş, hibsga oliş va deportatsiya qiliş bilan şuğullangan.
“Xitoy bu borada qatiy norozilik bildirişini malum qilamiz”, degan Lin Tszyan.U Amerika huquq-tartibot idoralarini Xitoy fuqarolarining qonuniy huquqlarini buzişda va ikki mamlakat örtasidagi biznes muhitiga putur yetkazişda ayblagan. Lin Tszyan Vaşingtonni bunday harakatlarni darhol töxtatişga çaqirgan. Şuningdek, Pekin öz fuqarolarini himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni körişda davom etişi haqida ogohlantirgan.