Quyoşda kuçli çaqnaşlar sodir böldi
3-02-2026, 22:19
102 марта

Quyoşda kuçli çaqnaşlar sodir böldi
Keça, 2 fevral kuni NASA va AQŞ kosmik ob-havo xizmatlari Quyoşdagi kuçli faollik sabab butun dunyo böylab kosmik ob-havo ogohlantirişlarini malum qildi. Bu haqda “The News Times” xabar berdi.Malumotga köra, tez kengayayotgan 4366-raqamli quyoş doği keça, 2 fevral kuni törtta kuçli X toifali quyoş çaqnaşini yuzaga keltirgan. Eng kuçli hodisa esa joriy yilning 1 fevral oqşomida X8.1 darajadagi çaqnaş bilan qayd etilgan. U 2024 yil oktyabr oyidan buyon kuzatilgan eng yorqin quyoş çaqnaşi sifatida baholangan.
NASA va AQŞ kosmik ob-havo mutaxasislarining fikriga köra, fevral oyining birinçi haftasida uşbu faol quyoş doği eng kuçli portlaşlarni keltirib çiqaradi. Buning oqibatida Yerda ayrim texnologik tizimlar işida uzilişlar kuzatilişi tahmin qilinmoqda.
X toifali çaqnaşlar quyoş portlaşlarining eng kuçli darajasi hisoblanadi. Bunday çaqnaşlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya signallariga tasir körsatişi, şuningdek, kosmik kemalar hamda astronavtlar uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Olimlarning xabar berişiça, portlaş oqibatida Yerga ultrabinafşa va rentgen nurlari bevosita tuşmoqda. Bu holat yuqori atmosferaning ionlaşuviga olib kelib, Janubiy Tinç okeani hududida R3 darajadagi kuçli radio uzilişlarini keltirib çiqargan.
Bundan taşqari Avstraliyaning şarqiy qismi va Yangi Zelandiyada qisqa tölqinli radioaloqa uzilişlari kuzatilgan. Mutaxassislarning aytişiça, bu faollik tez kengayayotgan 4366-raqamli quyoş doği bilan boğliq bölib, mazkur hudud bir kun içida 20 dan ortiq quyoş çaqnaşini hosil qilgan.
Şuningdek, çaqnaşlar oqibatida yuzaga kelgan magnit zarraça buluti Yer tomon yönalgan. Plazma buluti joriy yil 5 fevral atrofida Yerga yaqinlaşişi va pastroq kengliklarda avroralarni keltirib çiqarişi mumkin. Va bu hodisani odamlar öz közlari bilan körişlari mumkin.